Xitoy 125 foizlik boj qöllanmaydigan AQŞda işlab çiqarilgan tovarlar röyxatini tayyorladi va tegişli kompaniyalarni «jimgina» xabardor qilmoqda. Bu haqda Reuters 30 aprel, çorşanba kuni ikki manbaga tayangan holda xabar berdi.

Amerika dori vositalarini sotuvçi farmatsevtika kompaniyasida işlaydigan agentlik manbalaridan biri Xitoy rasmiylari röyxat böyiça uning kompaniyasi bilan şaxsiy aloqaga çiqqanini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, kompaniya bir qator dori vositalarini işlab çiqarişda Amerika texnologiyalaridan foydalangani uçun avvalroq bojlardan ozod qilişni söragan.

Boşqa bir manba ta’kidlaşiça, Xitoyning şarqiy mintaqasida rasmiylar bir guruh xorijiy biznes lobbiçilaridan xavflarni baholaş uçun «tariflar keskinligi tufayli yuzaga kelgan barça muhim vaziyatlar haqida xabar berişni» söragan. Bundan taşqari, janubi-şarqdagi töqimaçilik va çip işlab çiqaruvçilarga AQŞ va Xitoy tomonidan joriy qilingan tariflarning ta’sirini baholaş uçun sörovnoma yuborildi.

Uşbu yondaşuv AQŞ 145 foizlik bojlarni bekor qilmasa, oxirigaça kuraşişga tayyorligini bir neça bor ta’kidlagan Pekinga imtiyozlarga tayyorgarlik köriş uçun amaliy qadamlar qöygan holda qat’iy jamoatçilik pozitsiyasini saqlab qoliş imkonini beradi, deb ta’kidlaydi Reuters.