Germaniya va Yevropa Ittifoqiga a’zo boşqa 15 davlat mudofaa xarajatlarini oşiriş uçun Yevropa Ittifoqining Barqarorlik va ösiş pakti budjet qoidalaridan istisnodan foydalanişga tayyor. Bu haqda 30 aprel, çorşanba kuni YeI kengaşi ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, Yevrokomissiya mamlakatlarga Bryusselning Yevropa Ittifoqi mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş rejalari munosabati bilan uşbu imkoniyatdan foydalanişni taklif qilgan. Körib çiqilayotgan qoida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga tört yil davomida harbiy maqsadlar uçun yalpi içki mahsulotining 1,5 foizigaça qöşimça qismini, Yevropa Ittifoqi budjeti qoidalarida qöyilgan çeklovlarni hisobga olmasdan ajratiş imkonini beruvçi paktdir.

Bu çeklovlar, xususan, a’zo mamlakatlarning yillik budjet taqçilligi YaIMning 3 foizidan, umumiy davlat qarzi esa YaIMning 60 foizidan oşmasligini nazarda tutadi. YeI Kengaşi ma’lumotlariga köra, Germaniyadan taşqari Belgiya, Bolgariya, Çexiya, Daniya, Estoniya, Gretsiya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Vengriya, Polşa, Portugaliya, Sloveniya, Slovakiya va Finlandiya uşbu qoidalardagi istisnodan foydalaniş niyatida. AFP agentligining xabar berişiça, uşbu davlatlarning 12 tasi, jumladan Germaniya ham bu borada rasmiy sörov yuborgan. Yana törtta davlat ulardan örnak oliş niyatida.

«Biz qöşimça sörovlar uçun oçiqmiz», — deya agentlik Yevropa Ittifoqining savdo komissari Valdis Dombrovskisning sözlaridan iqtibos keltiradi. Mart oyida YeI, agar Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Barqarorlik pakti qoidalaridagi istisnodan foydalansa, 2030 yilga borib YeIda jami mudofaa xarajatlari taxminan 650 milliard yevroga kötarilişi mumkinligini ta’kidladi. Taqqoslaş uçun, 2024 yilda Yevropa Ittifoqi davlatlari harbiy ehtiyojlarga jami 326 milliard yevro sarfladi, bu 2021 yildagi 249 milliard yevrodan 31 foizga yuqori.

«Yevropa Ittifoqining qurollaniş rejalari Rossiya tahdidi va AQŞ qöllab-quvvatlaşni qisqartirişi fonida işlab çiqilmoqda», deb yozadi AFP.