Özaro akademik hamkorlik yölga qöyilişini nazarda tutgan mazkur hujjatni imzolaş marosimi mamlakatning Qatardagi elçixonasi kömagida taşkil qilindi.

Tomonlar birgalikda respublikaning aholi ziç joylaşgan şaharlaridan biri – Namanganda Özbekiston – Qatar kasbiy mahorat markazi oçişni rejalaştirgan.

Unda öquv maşğulotlari UDST ilğor dasturlari yordamida ingliz tilida olib boriladi. Bitiruvçilar Yaqin Şarq, Yevropa va Amerikada işlaş imkonini beradigan, xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatga ega böladi.

2022 yil Amir Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy farmoyişi bilan taşkil etilgan Doha fan va texnologiya universiteti Qatardagi amaliy, texnik va kasb-hunar ta’limiga ixtisoslaşgan birinçi universitet hisoblanadi. Uşbu oliy ta’lim muassasasi 64 mutaxassislik böyiça bakalavr va magistr tayyorlaydi. Universitet tarkibida biznes, muhandislik, IT, tibbiyot va umumiy fanlarga ixtisoslaşgan 5 ta kollej bor.