"Özbekiston yangi xalqaro transport yölaklarini şakllantiriş va mavjudlarini rivojlantirişda Yevropa Ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Özbekiston CASCA+ xalqaro multimodal transport koridorining (Osiyo-Tinç okeani mamlakatlari – Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston – Turkmaniston – Ozarboyjon – Gruziya – Turkiya – Yevropa) iştirokçisi bölib, uning doirasida Transkaspiy yönalişi işlab çiqilmoqda", – deyilgan maqolada.
Qayd etilişiça, 2019 yil 20 dekabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston Transport vazirligi iştirokida temir yöl ma’muriyatlari rahbarlarining (Ozarboyjon, Gruziya, Qirğiziston, Turkmaniston va Özbekiston) beş tomonlama yiğilişining "Osiyo-Tinç okeani mintaqasi – Qirğiziston – Yevropa davlatlari – Xitoy – Yevropa davlatlari" xalqaro multimodal transport koridorini rivojlantiriş böyiça Bayonnomasi imzolangan edi. 2021 yil 17 dekabrda Turkiya uşbu bayonnomaga qöşildi.
Özbekiston prezidenti 2023 yil iyun oyida Qirğizistonda bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi rahbarlarining uçraşuvida sözlagan nutqida Markaziy Osiyo va Yevropa örtasidagi transport-kommunikatsiya aloqalarini, birinçi navbatda, Örta yölakni şakllantiriş orqali mamlakatlar sa’y-harakatlarini birlaştiriş muhimligini alohida ta’kidladi.
"Yevropa Ittifoqining "Global darvoza" dasturi ham Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Janubiy Kavkaz mamlakatlari va Turkiya bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda", – qayd etilgan naşrda.








