Rossiya Ukraina bilan uruşdagi maqsadlarini «qisqa muddatli maqsadlarga» özgartirgan bölişi mumkin, deb yozdi CNN AQŞ va boşqa Ğarb razvedka xizmatlaridan xabardor manbalarga tayanib.
Telekanal keltirgan razvedka ma’lumotlariga köra, Rossiya tomoni nazoratga olgan hududlarda «öz pozitsiyalarini mustahkamlaş va murakkab ahvolga tuşib qolgan Rossiya iqtisodiyotini rağbatlantirişga» e’tibor qaratmoqçi.
Maqolada CNN bilan gaplaşgan amerikalik va ukrainalik yuqori martabali amaldorlarning fikrlari keltirilgan. Ulardan biri özgarişlar Moskvaning Vaşington bilan munosabatlarini yaxşilaş istagi bilan boğliq deb hisoblaydi.
Şu bilan birga, suhbatdoşning fikriça, Rossiya özining «maksimalistik harbiy maqsadlaridan» voz keçmayapti, şu jumladan, Ukrainaning yangi hududlarini öz nazorati ostiga olişdan.
Joriy yilning boşida AQŞ razvedka xizmati vakillari prezident Donald Tramp maslahatçilariga Rossiya aynan şunday yöl tutişga intilayotganini aytgan edi, deb xabar berdi CNN.
Şu hafta Kreml prezident Vladimir Putinning maqsadlari harbiy amaliyot boşlanganidan beri özgarmaganini aytdi: «Biz milliy manfaatlarimizni ta’minlaşimiz kerak». Bir oy oldin Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Rossiya xavfsizligini ta’minlaş maqsadini aytib, Moskva kelişuvdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan edi.









