Qayd qilinişiça, viloyatda kambağallik darajasi 12 foiz atrofida, 45 ming fuqaro işsiz. Şuning uçun hokimlar va örinbosarlari har bir imkoniyatni loyihaga aylantirib, yangi iş örinlari yaratişi, sanoat, servis, turizm, qişloq xöjaligi, eksport salohiyatini yanada oşirişi zarurligi aytildi.
Davlat rahbari bu sohalardagi imkoniyatlar va ularni işga soliş çoralarini körsatib ötdi. Masalan, turizm eksporti salohiyati 10 milliard dollar bölsa, şuning 2 milliard dollari aynan Xorazmga töğri keladi. Afsuski, bu töliq işga solinmayapti.
Viloyat böyiça 263 ta madaniy meros obidasi mavjud. Tadbirkorlar bilan hamkorlikda ular turistik maskanga aylantirilsa, qöşimça daromad va iş örinlari böladi. Şuningdek, çet eldan tajribali arxeologlarni jalb qilib, tarixiy joylarni aniqlaş va tiklaşga mablağ ajratiladi.
Xorazmda 40 dan ortiq hunarmandçilik yönalişlari rivojlangan bölib, sayyohlar mahsulot tayyorlaş jarayoniga ham qiziqadi.
Turizmda ovqatlaniş joylari juda muhim. Prezident milliy taomlarni çet ellarda tanitayotgan restoratorlarni qöllab-quvvatlaş zarurligini ta’kidladi. Xorijda özbek restoranlari taşkil qilişda röyxatdan ötiş, ruxsatnoma va iş yuritiş bilan boğliq xarajatlarning bir qismi qoplab berilişi belgilandi.

Mehmon örinlari va transport qatnovlarini köpaytiriş, yangi köngiloçar va tematik maskanlar barpo etiş, gid va ofitsiantlar tayyorlaş masalalariga ham töxtalib ötildi.
Umuman, bu yil jami 200 million dollarlik 91 ta loyihani bajariş, turizm va xizmatlar sohasida 100 mingta iş örni oçiş vazifasi qöyildi. 2 million xorijiy va 10 million mahalliy sayyoh jalb qilib, turizm eksportini 700 million dollardan oşiriş mumkinligi körsatib ötildi.
Iqtisodiyot sohasida ham imkoniyat köp. Bu yil Xorazmda kamida 6 foiz iqtisodiy ösişni ta’minlab, yalpi hududiy mahsulotni 60 trillion sömdan oşiriş közda tutilgan. 265 ming aholini band qilib, 104 ming odamni kambağallikdan olib çiqiş möljallangan.
Masalan, xususiylaştiriş dasturiga asosan 2025 yilda viloyatda 41 ta davlat binosi, 350 gektar yer uçastkasi savdoga qöyilayapti. Bu xizmat körsatiş, turizm va işlab çiqariş sohalari uçun katta imkoniyat.
Sönggi sakkiz yilda Xorazmda mebel sanoati 3 karra ösdi. Xonqadagi 10 gektar yerda mebelçilik zonasi taşkil etildi. Bu tarmoqni yanada rivojlantiriş uçun xorijdan dizayner, marketolog, injyener-texnolog olib kelinadi. Umuman, bu sohaga qöşimça turtki beriş uçun maxsus dastur tayyorlaş topşiriği berildi.









