Yevropa Ittifoqi AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi tinçlik muzokaralaridan çiqib, Moskvaga yaqinlaşgan taqdirda Rossiyaga qarşi sanksiyalarni saqlab qoliş uçun «B rejasi»ni işlab çiqmoqda, dedi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Londonning The Financial Times (FT) gazetasida 1 may, payşanba kuni çop etilgan intervyusida.
Uning sözlariga köra, Yevropa AQŞ «Ukrainani tark etişi» va Rossiya bilan kelişuvga erişişga harakat qilişi mumkinligidan xavotirda, çunki muzokaralar jarayoni öta oğir bölib çiqdi. Kallasning ta’kidlaşiça, «B rejasi» Vengriya iyul oyida Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini uzaytirişga tösqinlik qilsa ham, Rossiyaga iqtisodiy bosimni davom ettirişga qaratilgan. «B rejasi» ham bor, lekin biz «A» rejasi ustida işlaşimiz kerak, çunki aks holda siz «B rejasi»ga e’tibor qaratasiz, keyin esa bu haqiqatga aylanadi», deb tuşuntirdi Yevropa diplomatiyasi rahbari hamda AQŞ va boşqa şeriklar bilan Rossiyaga qarşi sanksiyalar rejimini saqlab qoliş böyiça muzokaralar davom etayotganini qöşimça qildi.
Bir qator Yevropa poytaxtlari AQŞ Ukrainani «taşlab qöysa» va Rossiya bilan munosabatlarni tiklasa, unga ergaşiş kerakmi yoki yöqligini muhokama qilmoqda. Ular endi «Ukrainani qöllab-quvvatlaşga majbur bölmaydi», dedi Kaya Kallas. U buni yolğon umid deb atadi va Kreml Rossiya yalpi içki mahsulotining töqqiz foizdan ortiğini harbiy sohaga sarflayotganini va «yana undan foydalanişni xohlaşini» ta’kidladi.









