Vaşington Rossiyaga qarşi yangi iqtisodiy sanksiyalarni, jumladan, bank va energetika çoralarini işlab çiqişni yakunladi, bu esa Moskvani AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyaning Ukrainadagi uruşini hal qiliş böyiça sa’y-harakatlarini qabul qilişga majburlaşga qaratilgan. Bu haqda 2 may, juma kuni Reuters agentligi uç nafar amerikalik rasmiy va boşqa manbaga tayanib xabar berdi.

Çeklovlar Rossiyaning energetika kompaniyasi "Gazprom" hamda Rossiyaning tabiiy resurslari va bank sektoridagi yirik öyinçilarni nişonga olişi mumkin, dedi AQŞ ma’muriyati rasmiysi.

Agentlik ma’lumotlariga köra, hozirgi bosqiçda Oq uyda AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi (MXK) darajasida tasdiqlaş işlari olib borilmoqda. Paket Tramp tomonidan imzolanişi kerak. Biroq, u bu çoralarni ma’qullaydimi yoki yöqmi, hozirça aniq emas.

«Prezident boşidanoq töliq va keng qamrovli öt oçişni töxtatişga erişiş böyiça öz majburiyatini aniq aytdi», dedi MXK matbuot kotibi Jyeyms Xyuitt. «Biz davom etayotgan muzokaralar tafsilotlariga izoh bermaymiz», — deya qöşimça qildi u.