AQŞ Davlat departamenti Ukraina hukumatiga F-16 qiruvçi samolyotlari va tegişli jihozlarni 310,5 million dollarga (274,7 million yevro) sotiş imkoniyatini tasdiqladi. AQŞ Mudofaa vazirligining Mudofaa xavfsizligi böyiça hamkorlik agentligi zarur sertifikatlarni taqdim etdi va AQŞ Kongressini xabardor qildi. Bu haqda agentlik 2 may, juma kuni xabar berdi.
Töplamga havo kemalarini modifikatsiyalaş va modernizatsiya qiliş xizmatlari, foydalaniş va texnik xizmat körsatiş uçun xodimlarni öqitiş, ehtiyot qismlar, yerustida xizmat körsatiş uskunalari, dasturiy ta’minot, texnik hujjatlar va boşqa tegişli logistika elementlari kiradi.
Taklif etilayotgan sotuv Ukrainaning uçuvçilarni samarali öqitiş va AQŞ bilan özaro hamkorlikni oşiriş orqali joriy va kelajakdagi tahdidlarga qarşi turiş qobiliyatini oşiradi, deya ma’lum qildi agentlik.
Asosiy pudratçilar orasida Valiant Integrated Services, Top Aces Corporation, Lockheed Martin Aeronautics, Pratt and Whitney, Snap-on Inc., BAE Systems Inc., AAR Corporation va Comsetra LLC kompaniyalari bor.
Ehtimoliy sotuv «mintaqadagi asosiy harbiy muvozanatni özgartirmaydi», deb hisoblaydi AQŞ.









