Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
BMT: Isroil Ğazoda jurnalistlarni ataylab öldirmoqda
Isroil kuçlari tomonidan Ğazo sektorida jurnalistlar ataylab öldirilmoqda. Bu haqda BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissarligining bosib olingan Falastin hududlaridagi vakili Ajit Sungay Butunjahon matbuot erkinligi kunida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlaşiça, bugungi kunda Falastin eksklavi OAV xodimlari uçun dunyodagi eng xavfli joylardan biri hisoblanadi.
Jurnalistlar Ğazo sektori, bosib olingan Ğarbiy sohil va Falastin hududlaridagi voqealarni yoritişga harakat qilib, favqulodda iş olib bormoqda.
«Falastin jurnalistlar ittifoqi ma’lumotlariga köra, 2023 yil 7 oktyabrdan beri 210 dan ortiq falastinlik muxbir öldirilgan. Köp hollarda bu qasddan qilingan deb hisoblaymiz. Bunga işora qiluvçi alomatlar bor. Ular öz kasbiy vazifalarini bajarayotganda otib taşlangan», — dedi u.
Sungay Ğazodagi kabi qisqa vaqt içida bunçalik köp jurnalist öldirilganini heç qaçon körmaganligini ta’kidladi.
AQŞ Rossiya va Kiyev örtasida «çopib yuradigan» vositaçi bölmaydi
Vaşington Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik örnatiş böyiça yondaşuvini özgartirmoqda va muzokaralarda vositaçilik qiliş uçun endi «çopib yuradigan» vositaçi bölmaydi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus ma’lum qildi.
Davlat kotibi Marko Rubio AQŞning hamkorlik formati özgarişini oçiq aytdi, ammo tinçlikka erişiş sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaş saqlanib qolmoqda, dedi Bryus. Şu bilan birga, Vaşington Rossiyaga qarşi joriy sanksiyalarni bekor qilişni rejalaştirmayapti, dedi Davlat departamenti vakili.
Bryus, şuningdek, mojaroning har ikki tomoniga uruşni özi tugatişi uçun real qadamlarni taklif qiliş va işlab çiqiş vaqti kelganini ta’kidladi.
Avvalroq AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Fox News telekanaliga bergan intervyusida Moskva va Kiyevning pozitsiyalari bir-biridan ança uzoqligiça qolayotganini aytgan edi. «Putin butun Ukrainani egallab ololmaydi, Ukraina esa Rossiyani 2014 yilgaça bölgan pozitsiyasiga qaytara olmaydi», dedi Rubio.








