Ukraina şimoli-şarqidagi Xarkiv şahri Rossiya Qurolli kuçlarining uçuvçisiz uçoqlari tomonidan hujumga uçradi. Bu haqda 2 may, juma kuni şahar meri Igor Terexov Telegramʼda ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, zarbalar şaharning törtta tumanida – Kiyev, Osnovyanskiy, Slobodskiy va Saltovskiyda 12 ta nuqtaga berilgan. Bir qator joylarda portlaşlar kuzatilib, yonğinlar sodir böldi. 46 kişi, jumladan, 11 yoşli bola tan jarohati oldi, sakkiz nafari kasalxonaga yotqizildi, dedi Terexov.
Bir turar joy binosi, şuningdek, dastlabki ma’lumotlarga köra, xususiy uy şikastlangan.
«Ehtiyot böling — Xarkivga yana dronlar yaqinlaşmoqda!» — qöşimça qildi şahar hokimi.
Ukraina harbiy-havo kuçlari ma’lumotlariga köra, Rossiya Federatsiyasining Belgorod viloyatidan Xarkiv viloyati yönalişi böyiça uçuvçisiz uçoqlar guruhi uçirilgan. Bundan taşqari, yana bir guruh janubdan Zaporijjya yönalişi böyiça uçirildi, deya ta’kidladi Ukraina tomoni.










