1 may holatiga, Özbekistonda elektromobillarni quvvatlaş stansiyalari soni 1399 taga yetdi. Bu – bir yil oldingidan 2,5 barobarga köp. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bermoqda.

Quvvatlaş stansiyalarining 820 tasi yoki 59 foizi Toşkent şahrida joylaşgan. Toşkent viloyatida 154 ta stansiya mavjud.

Namanganda 70 ta, Samarqandda 67 ta, Jizzaxda 50 ta quvvatlaş stansiyasi bor. Bunday nuqtalarning soni Farğonada 43 ta, Buxoroda 39 ta, Qaşqadaryoda 32 ta, Surxondaryoda 27 ta, Andijonda 26 ta, Navoiyda 23 ta, Xorazmda 21 ta, Qoraqalpoğistonda 14 ta, Sirdaryoda 13 tani taşkil etadi.

Respublika böylab elektromobillarni quvvatlaş stansiyalaridan 92 ming kişi foydalanmoqda.

Hukumatning ötgan yil noyabrdagi qarorida, 2025 yilda 21 548 ta quvvatlaş stansiyalarini örnatiş közda tutilgan.

Ötgan yili, şuningdek, elektromobilni uyda quvvatlaşni rağbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinişi aytilgandi.

Eslatib ötamiz, 1 maydan e’tiboran yangi elektromobillar uçun utilizatsiya yiğimi 3 barobarga oşib, 45 mln söm deb belgilandi.