Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.

Özbekiston tomonining axborotiga köra, ikki mamlakat örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Özaro savdo sur’atini saqlab qoliş, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş, hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotlarni davom ettiriş muhimligi ta’kidlangan.

“Toşkent şahrida beşinçi "Innoprom. Markaziy Osiyo" xalqaro sanoat körgazmasi doirasida bölib ötgan işbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim, sport va turizm sohalarida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Özbekiston va Rossiya yetakçilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almaşib, bölajak uçraşuvlar rejasini muhokama qildilar”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Bugun, şuningdek, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi rus elçisini çaqirib, Rossiyadagi özbekistonliklarning huquqlari poymol qilinişi holatlari köpayib borayotganiga e’tiroz bildirdi.

Avvalroq Özbekistonning mingdan ortiq fuqarosi Rossiya tomonidan yollanib, Ukrainadagi uruşga jalb etilgani haqidagi ma’lumotlar Özbekistonning vakolatli organlar tomonidan örganilayotgani ma’lum qilingandi.