AQŞ ma’muriyati mudofaa xarajatlarini keskin oşirişni rejalaştirmoqda. Prezident Donald Tramp 1 oktyabrda boşlanadigan 2026-moliya yilida milliy xavfsizlik bilan boğliq mahsulotlarga 1,01 trillion dollar sarflaşni taklif qilmoqda, bu joriy yilga nisbatan 13 foizga köp, deb xabar berdi Bloomberg 2 may, juma kuni Oq uy Kongressga taqdim etiş uçun tayyorlagan budjet loyihasi bilan taniş manbaga tayanib.

Agentlik manbasi ta’kidlaganidek, mudofaa xarajatlarining ösişini Ronald Reygan 1980 yillarda «yulduzlar uruşi» dasturini işga tuşirgani va Yevropada yadroviy raketalarni joylaştirgani bilan soliştiriş mumkin böladi. Pentagonning öz budjeti 961 milliard dollargaça oşadi. Bu joriy yilga nisbatan 112,7 milliard dollarga va sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati 2026 yil uçun möljallangan budjetdan 84,2 milliard dollarga köpdir.

AQŞning xavfsizlik xarajatlari mamlakat tarixida birinçi marta 1 trillion dollar çegarasidan oşib ketadi va bu Kongressni hayratda qoldirişi aniq, deya qayd etadi Bloomberg. Trampning budjet loyihasi «Oltin gumbaz» raketaga qarşi mudofaa tizimini yaratiş, harbiy kemalar quriş, yadroviy triadani modernizatsiya qiliş va harbiy maoşni 3,8 foizga oşirişni öz içiga oladi.

Tramp mahalliy fuqarolik moliyasini 2025 yilgi budjetga nisbatan 22,6 foizga yoki 163 milliard dollarga qisqartirişni taklif qilmoqda. Qisqartirişlar qayta tiklanadigan energiyani rivojlantiriş, atrof-muhitni muhofaza qiliş va irqiy tengsizlikni bartaraf etişga qaratilgan dasturlarni öz içiga oladi. AQŞning taşqi yordam dasturlari, Milliy fan jamğarmasi, Ta’lim departamenti va Uy-joy va şaharsozlik departamenti doirasidagi fan xarajatlarini tubdan qisqartiriş va moliyalaştirişni töliq nolga tuşiriş kutilmoqda.