«Aston Villa» turni öz ğalabasi bilan oçib berdi, birinçi bölim boşida Tilemans öyin davomidagi yagona golli vaziyatidan foydalandi. Belgiyalik yarimhimoyaçi APLda uçinçi marta bir mavsumdagi gol harakatlari soni böyiça ön ball töplamoqda va unda şaxsiy rekordini yangilaş imkoniyati bor. Uotkins va Malen öz vaziyatlarini kökka sovurişda davom etadigan bölsa, aynan undan samaraliroq harakat qiliş talab etiladi. Lekin bu safar birminghemliklarga birgina gol ham yetarli böldi. Hozirça Unai Emeri şogirdlari töplangan oçkolar soni böyiça «Nottinghem» va «Çelsi» bilan tenglaşib oldi. Şu bilan birga, «Villa» baribir YeÇL yöllanmasi uçun raqobatçilaridan qöşimça körsatkiçlar borasida ortda qolib, yettinçi öinda joylaşgan.
«Arsenal» xuddi «PSJ» kabi bor e’tiborini Çempionlar ligasi yarimfinalidagi javob uçraşuviga qaratgan. Londonliklar bu turni xuddi parijliklarda bölgani kabi hisobda yutqazişdi. Holbuki Rays bu mavsumdagi sakkizinçi golini urganida «Bornmut»ni bu safar ham «Emireyts»da heç qanday yaxşi narsa kutmayotgandek köringandi. «Olçalar» jamoasi bu yerdagi öyinlarda qatorasiga sakkiz bor yutqazgan (jami töplar nisbati 4:23).
Ammo har qanday seriya ertami keçmi tugaydi va bu safar Evanilsonning ğalaba goli bilan kambek amalga oşirildi. Mehmonlar hujumçisi bu vaziyatda tirsagi bilan töpni darvozaga yölladi, ammo hakamlar bunga e’tibor qaratişmadi va gol inobatga olindi.
Mavzuga oid
Şu tariqa, Arteta şogirdlari bu mavsumning ikki öyinida ham Iraola jamoasiga yutqazdi, bu esa «Bornmut» tarixida hali kuzatilmagandi. Qolaversa, «olçalar» bu mavsumda «Arsenal» hisobni oçgan öyinlarda ğalabaga erişga ilk jamoa böldi.
«Atletiko»ning golsiz durangi — hayron qoldiradigan holat emas. Lekin bir statistik faktni aytib ketiş kerak — «matrasçilar» birinçi bölim davomida birorta zarba yöllamadi. Bunaqasi uçrab turadi, lekin Diyego Simeone jamoasida bu holat mavsum boşidan buyon uçinçi bor röy bermoqda, autsayderlarda ham bunday körsatkiç yöq. Ammo körinib turibdiki, madridliklarda finiş uçun motivatsiya qolmadi. Jamoa barça kubok turnirlardan çiqib ketgan, çempionatda esa uçinçi örindan yuqori kötarila olmaydi, pastga ham tuşib ketmaydi.
«Vilyarreal»ning esa xato qilişga haqqi yöq. «Sariq submarinalar» YeÇLga yöllanma beruvçi beşinçi örin uçun kuraşişda davom etmoqda. Jamoa aprelning oxirgi ön kunligida ikki turda atigi bir oçko olganida xatolar limitini işlatib bölgandi. Endi — «Selta» bilan öyindagi qiyin ğalabadan (1:0) keyin — jamoaga tom ma’noda yengil öyin qaytdi. Birinçi bölimdayoq «Osasuna» mudofaasi uç bor buzib ötildi, mavsumni ajoyib ötkazayotgan Ayose Peres dublni rasmiylaştirdi. Pepe esa öyinni gol va ikki golli uzatma bilan yakunladi. Beşinçi örinda joylaşgan «Vilyarreal» tur öyinini yakşanba kuni ötkazadigan «Betis»dan tört oçko köp jamğargan.
Ligani tark etib bölgan «Valyadolid»ga qarşi safar öyinida ter Ştegen «Barselona» darvozasiga qaytdi va öyin startidayoq rikoşetdan keyin kulgili gol ötkazib yubordi. Kök-anorranglilar esa öyinni töliq nazorat qilib, bölim davomida 15 ta zarba yöllab ham javob golini ura olmadi. Şu kuni kataloniyaliklar jamoasida debyut qilgan 19 yoşli Daniel Rodriges esa yelkasini jarohatlab oldi va 38-daqiqada şifokorlar hamrohligida, köz yoş bilan maydonni tark etdi. Şu tufayli Yamal zaxira örindiğidan rejalaştirilganidan ertaroq kötarilişiga töğri keldi.
Hansi Flik tanaffusdan keyin Frenki de Yong va Rafinyani ham jangga taşladi. Ulardan ikkinçisi hisobni tenglaştirib, top ligalarda bir mavsumdagi gollar soni böyiça Neymardan keyingi ikkinçi braziliyalikka aylandi (rekord darajadagi 39 ga qarşi 31). Mezbonlar esa şundan keyin qarşilik körsatişni töxtatişdi va navbatdagi hujumlardan birida Fermin Lopes töpga bir teginişda ğalaba golini urişiga yöl qöyişdi. Mehmonlar himoyaçisi Fort esa raqib jarima maydonida dribling böyiça master-klass ötib berdi, ammo uning zarbasi ustundan qaytdi.
Yana bir gol ortiqçalik qilmasdi, çunki autsayder vaqti-vaqti bilan hujumga çiqib, ter Ştegenning huşyorligini sinab köra boşladi. Qöşimça vaqtlarda esa katalonlar himoyaçilari ğalabani uşlab qoliş uçun qattiq ter tökişiga töğri keldi. Ğalabani saqlab qolgan «Barsa» ikkinçi örin bilan oradagi farqni yetti oçkoga yetkazdi, agar yakşanba kuni «Real» «Selta»ni yenga olmasa, çempionlik poygasiga barham berilişi mumkin, bu holatda bir hafta keyin bölib ötadigan klasikoda ham amalda heç narsa hal qilinmaydi.
Italiya çempionligi uçun ikki da’vogar ham tur öyinini şanba kuni ötkazdi va birinçi bölib «Napoli» öz yurişini amalga oşirdi. «Leççe» maydonidagi öyin oson keçgani yöq va Lukakuning tezkor goli ofsayd tufayli bekor qilindi. Lekin köp ötmay Raspadori heç qanday şubha qoldirmagan holda gol urdi. U töpni jarima zarbasidan darvozabon turgan burçak tomon aniq yönaltirdi. Neapolitanliklar qatorasiga tört öyinda öz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan holda ğalabaga erişdi, bu esa klub rekordi takrorlanişidir. Ötgan safar bunaqasi Luçano Spalletti bilan çempionlikka erişilgan mavsumda kuzatilgandi. Janubliklar skudetto uçun intilmoqda va bu ularning öz qölida.
«Inter» çempionlik boy berilganiga köndi deb bölmaydi, ammo jamoa birinçi navbatda — Çempionlar ligasini öylamoqda. Şu tufayli Simone Indzagi «Barselona»ga qarşi öyin bilan soliştirganda, boşlanğiç tarkibdagi ön futbolçini almaştirdi. YeÇLda öynagan tarkibdan faqat yoş Bissek qolgandi. Şanba kuni maydonga çiqqanlar esa öyin boşida penaltidan urilgan gol bilan kifoyalanişdi. Bu ğalaba turnir jadvalidagi status-kvoni saqlab qoldi va neradzurrilar hamon «Napoli»ni uç oçkolik farq bilan ta’qib etmoqda.
Çempionlar ligasi poyezdining sönggi vagoniga sakrab çiqişga jon-jahdi bilan urinayotgan «Leypsig» ilk daqiqalardan «Bavariya»ning oltin öyinini barbod qilişga tayyorligini namoyiş etdi. «Buqalar»ning ilk hujumidayoq burçak zarbasi amalga oşirildi va Urbig mehmonlarni töxtatib qoldi. Biroq keyin darvozabon Olisening xatosini töğrilay olmadi, şundan söng töp ikki pasda Şeşkoga yetkazildi va u şvedka uslubidagi zarbasi bilan himoyasiz qolgan darvozani işğol qildi. Tanaffusga yaqin Klostermann mehmonlar darvozasiga ikkinçi golni urdi.
«Bavariya» esa juda oddiy öyin körsatdi, qolaversa, diskvalifikatsiyaga uçragan Keynning yöqligi sezildi. Ötkazib yuborilgan har bir goldan keyin kameralar tribunada ğamgin ötirgan Harrini körsatişdi. U şu kuni tabassum qila olmaydigandek köringandi, ammo ikkinçi bölimda barçasi özgardi. Avvaliga Olise burçakdan oşirgan töpni Dayyer darvozaga yölladi, «buqalar» maydon markazida kuçli pressing tufayli töpni oldirganida esa uşbu vinger özi ham gol urib hisobni tenglaştirdi. «Leypsig» darhol uçinçi golni ham ötkazib yuborişi mumkin edi. Keyin esa Koman yakkama-yakka vaziyatga çiqib borib, mezbonlarni keçirdi, öyin oxirlariga borib Sane baribir uçinçi golni urdi.
Keyn faoliyatidagi ilk titulni nişonlaş uçun maydon çetiga tuşib kelişga ulgurganida esa Simonsning nozik pasi Poulsenning goli bilan yakunlandi. Jamoa faxriy futbolçisi töpni Urbig ustidan oşirib taşladi va Myunxendagi bayram kamida yakşanba kunigaça qoldirildi — agar «Bayyer» bu turda «Frayburg»ni yenga olmasa, myunxenliklar avtomatik ravişda çempionga aylanadi. Bu şart bajarilmasa, bir haftadan keyin «Bavariya» Menxengladbaxning «Borussiya» klubiga qarşi uy öyinida çempionlikni rasmiylaştirişi mumkin.
Qaysidir pallada «Borussiya» rahbariyati Niko Kovaçning işidan qoniqmayotgani va unga ultimatum qöyayotgani haqida xabarlar çiqqandi. Hozirga kelib vaziyat özgargan. Dortmundliklar YeÇLda munosib iştirok etdi, bundesligada esa sönggi olti turda 16 oçko jamğardi. Ular bu oraliqda eng yaxşi natijaga erişgan va «Leypsig» oçko yöqotganidan keyin kamida «Frayburg»ning yakşanba kungi öyini yakuniga qadar törtinçi örinda qoladi. Buni mavsum örtalarida turnir jadvalining ikkinçi qismida yurgan jamoa uçun aql bovar qilmas ösiş desa böladi.
«Volfsburg»ga qarşi öyin startidayoq Girassi tezkor gol bilan hisobni oçdi. Gvineyalik hujumçi şu kuni dubl qayd etgan Adeyyemi kabi çiroyli gol urmaydi, ammo muntazam ravişda gol urib keladi. U ötgan mavsum «Ştutgart»da qayd etgan natijasini takrorlab, 28 öyinda urilgan gollari sonini 18 taga yetkazdi. Germaniyada jamoasini özgartirgan biror futbolçi keyingi mavsumda ham şunday sermahsullikni davom ettirişi 60-yillar örtalaridan buyon kuzatilmagandi. Öşanda Timo Konetska «Borussiya» safidagi 22 goldan keyin «Myunxen 1860» uçun 26 gol urgandi.