Ortda qolayotgan hafta nisbatan tinç ötdi. Tramp prezidentligining 100 kunlik yubileyini nişonladi, uning ma’muriyatida ilk iste’fo yuz berdi. AQŞ va Ukraina uzoq kutilgan nodir metallar böyiça kelişuvni imzoladi. Eronda Isroil foydasiga josuslik qilgani aytilgan erkak qatl etildi. Bir neça daqiqa vaqtingizni ayamasangiz, videoda haftaning ba’zi muhim voqealarini eslaymiz.

Trampning «yubileyi»

Bu hafta Tramp AQŞ prezidentligiga qaytganiga 100 kun böldi. Respublikaçi bu kiçik yubiley munosabati bilan intervyu berdi, özining yutuqlarini sanadi, juda köp maqtandi. Amerikaliklar ham Trampning 100 kunligini sarhisob qilişdi. Ularning aksari Tramp davrini hozirça xavotir bilan qarşilamoqda. Çunki respublikaçining qaytişi narx-navo oşişiga, savdo bozorlarida taxmin qilib bölmas holatlar yuzaga kelişiga sabab böldi.

Trampning 100 kunligi dunyo siyosatida amaldagi muvozanatning qulaşi bilan yodda qoldi. 20 yanvargaça AQŞ Yevropaning ajralmas, şubhasiz eng asosiy harbiy ittifoqçisi edi. Endi bunday emas, Tramp oçiqçasiga Amerika heç kim uçun turib bermasligini aytdi.

Içki siyosatda Tramp va Mask mamlakatning boşqa davlatlarga milliardlab dollar yordam körsatiş dasturlarini yopdi, budjet xarajatlarini kamaytirişga kirişdi. Hatto AQŞning özidagi ijtimoiy yordam dasturlarini çopiş boşlandi. Universitetlar, ommaviy axborot vositalarini moliyalaştiriş töxtatildi. Xullas, Trampning 100 kunligiga bir söz bilan mojaroli deb ta’rif beriş mumkin.

Mayk Uols «surgun böldi»

Tramp Oval kabinetdagi kiçik yubileyini nişonlayotgan vaqtda uning ma’muriyatida ilk iste’fo yuz berdi. Milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Mayk Uols Signal messenjeri atrofidagi mojaro ortidan işdan ketdi.

Esingizda bölsa, avvalroq Oq uydagi yuqori martabali mulozimlar, hatto vitse-prezident Vens va mudofaa vaziri Hegset Yamandagi husiyçilar pozitsiyalariga zarba berilişini Signal'dagi çatda muhokama qilgan va Uols unga adaşib Atlantic jurnali boş muharririni qöşib qöygandi.

Jurnalist çatdagi yozişmalarni tarqatgaç, bu iş katta şov-şuvga sabab böldi. Senatda çatda bölgan mulozimlar söroq qilindi, MRB direktori çatda zarbalar vaqti, Amerika samolyotlari qaçon zarba pozitsiyasida bölişigaça yozilganini tasdiqladi. Demokratlar bu davlat siri ekani, Tramp ma’muriyati vakillari jazolanişi şartligini aytişdi. Tramp mojaro boşlangan vaqtda öz ma’muriyatidagi mulozimlar tarafini olgandi, lekin Uolsning iste’fosiga qaraganda prezident bu mojaroni jiddiy qabul qilgan.