Yaponiyada 15 yoşgaça bölgan bolalar soni 1950 yildan beri yuritib kelinayotgan statistika tarixida eng past körsatkiçni qayd etdi. Bu haqda mamlakat Ma’muriy işlar va kommunikatsiyalar vazirligi hisobotida söz boradi.

Hujjat Yaponiyada nişonlanadigan milliy bayram — Bolalar kuni arafasida e’lon qilingan. 1 aprel holatiga köra, mamlakatda 15 yoşgaça bölgan bolalar soni taxminan 13,7 millionni taşkil etmoqda — bu bir yil oldingi körsatkiçdan 350 ming kişiga kam.

Hisobotda keltirilişiça, 124 million aholi orasida bolalar uluşi 11,1 foizni taşkil etmoqda. Uşbu körsatkiç böyiça Yaponiya BMT reytingiga köra, aholisi 40 milliondan oşadigan 37 ta davlat orasida oxiridan ikkinçi örinni egallab kelyapti. Reytingda oxirgi örinni Janubiy Koreya egallagan — uşbu mamlakatda bolalar uluşi atigi 10,6 foizga teng.

Yaponiya hukumati tuğiliş darajasini oşiriş böyiça çora-tadbirlar köryapti, xususan, bolali oilalar uçun tölanadigan nafaqalar oşirilib, bola tuğilganida beriladigan ta’tillar tizimi kengaytirilmoqda. Ammo bularning barçasi kutilgan samarani bermayapti.

Avvalroq Yaponiyada tuğiliş ketma-ket sakkiz yildan beri kamayayotgani töğrisida xabar berilgandi. 2024 yilning birinçi yarim yilligida mamlakatda tuğiliş rekord darajada tuşib ketgan — 350 ming çaqaloq tuğilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 foizga kam demak. Ötgan yili Tokio demografik inqirozga qarşi kuraşning yangi yöli — tört kunlik iş haftasini sinab körişni boşlagan.