Braziliya politsiyasi amerikalik qöşiqçi Ledi Gaganing 3 may, yakşanba kuni Rio-de-Janeyrodagi Kopakabana plyajida bölib ötgan tekin konsertida terakt sodir etilişining oldini olganini ma’lum qildi.

Huquq-tartibot idoralari vakillarining sözlariga köra, jinoyatçilar qölbola portlovçi moslamalar va molotov kokteylidan foydalanişi kerak bölgan ösmirlarni öz safiga jalb qilgan. Politsiya amaliyoti doirasida ikki kişi – rejalaştirilgan hujum taşkilotçisi va ösmir yigit qölga olindi. Birinçisi Rio Grande-du-Sul ştatida öqotar qurolni noqonuniy saqlagani uçun, ikkinçisi Rioda bolalar pornografiyasini saqlagani uçun hibsga olingan.

Politsiyaning ta’kidlaşiça, hujumlarni rejalaştirgan guruh ösmirlarni radikallaştiriş va nafratni qözğatiş bilan şuğullangan. Teraktga tayyorgarlik çoğida uning taşkilotçilari qöşiqçining xalqaro muxlislar hamjamiyati bölmiş Little Monsters a’zosi sifatida özini taniştirişgan.

Ledi Gaganing Kopakabana plyajidagi konserti bepul bölib, xonandaning özi yozganidek, unga 2 milliondan ortiq odam taşrif buyurgan. Tadbir uçun şahar iqtisodiyotini jonlantirişga umid qilgan mahalliy hokimiyatlar tölagan. Konsertdan 100 million dollar yiğilişi kutilmoqda.