Eron janubi-ğarbidagi Xuziston viloyatiga yopirilgan qum böronlari sabab sönggi 24 soat içida şifoxonalarga 802 kişi murojaat qildi. Bu haqda Tibbiyot fanlari universiteti rektori örinbosari Meysem Muazi ma’lum qildi.
Uning ta’kidlanişiça, fuqarolar yurak va nafas olişdagi muammolar bilan murojaat qilgan.
«Ularning 92 nafari şifoxonaga yotqizilgan, qolganlariga tekşiruvlardan keyin javob berildi», — deydi u.
Muazi mahalliy aholini, ayniqsa, bolalar, homilador ayollar, keksalar va respirator kasalliklari bor odamlarni uydan çiqmaslikka çaqirdi.
Xuziston meteorologiya xizmati payşanba va juma kunlari qum böronlari kuzatilişi sabab «qizil darajadagi ogohlantiriş» e’lon qilib, bu insonlar soğliğiga xavf tuğdirişidan ogohlantirgan edi.
Eslatib ötamiz, aprel örtalarida Iroqning markaziy va janubiy hududlariga yopirilgan qum böronlari aholi salomatligida jiddiy muammolar keltirib çiqargan hamda transport qatnovlarida uzilişlarni yuzaga keltirgan edi. Öşanda 3,7 mingdan ortiq odam nafas oliş yöllari asoratlari bilan tibbiy yordam sörab murojaat qilgan, ulardan 1800 dan ortiği şifoxonalarga yotqizilgandi.












