Ispaniyaning Ovedo şahrida politsiya tört yil davomida öz farzandlarini uydan çiqarmagan 53 yoşli germaniyalik faylasuf va uning rafiqasini hibsga oldi, deb xabar beradi La Nueva Espana naşri.

Qayd etilişiça, ota-ona buni öz oilasini turli kasalliklardan, birinçi navbatdan koronavirusdan himoya qiliş maqsadida amalga oşirgan.

Er-xotinning uç nafar farzandi bor — 10 yoşli öğli va sakkiz yoşli egizaklari. Ular yaşagan uyning derazalari mahkam yopilgan, taşqi dunyo bilan aloqa butunlay uzilgan. Oila hatto oziq-ovqat mahsulotlarini ham kurerlar orqali qabul qilib olgan.

Bolalar ovozini eşitib turadigan, ammo ularni heç qaçon köçada yurganini körmagan qöşni ayol politsiyaga murojaat qilgan. Huquq-tartibot organlari kuzatuv örnatib, oilaning ayrim a’zolari umuman uyni tark etmasliklarini aniqlagan. 

Tekşiruv davomida bolalar qarovsiz holatda ekani ma’lum bölgan. Uçalasi ham taglik va tibbiy niqoblarda bölgan, taşqariga çiqqandagi xatti-harakatlari esa kuçli sezuvçanlikdan dalolat bergan — masalan, ular öt-ölanlarga hayrat bilan qaraşgan. 

Tergov ma’lumotlariga köra, ota-ona farzandlari uçun hatto hojatxonaga qaçon çiqişni ham qat’iy belgilab beruvçi jadval tuzib çiqqan. Ular maktabga qatnamagan. Şuningdek, bolalarga tarkibida tibbiyot kannabisi bor dori vositalari berib kelingan.

Er-xotin koronavirus va boşqa viruslardan qattiq qörqqani sabab şunday yöl tutganini ma’lum qilgan. Hozirda bolalar vasiylikka topşirilgan bölib, şifokorlar va ijtimoiy xizmatlar ular bilan işlamoqda. Ota-ona esa hibsga olingan.