Isroilda joylaşgan Patriotuzoq masofali zenit-raketa majmuasi Ukrainaga yuboriladi. Bu haqda 4 may, yakşanba kuni The New York Times (NYT) öz manbalariga tayanib xabar berdi. AQŞ Mudofaa vazirligi «Ukrainaga avval ruxsat berilgan paketlardagi uskunalarni yetkazib berişda davom etişini» ma’lum qildi.

NYT ma’lumotlariga köra, Ukraina qurolli kuçlari hozirda öz arsenalida sakkizta tizimga ega, ammo ulardan faqat oltitasi iş holatida. Ikkitasi ta’mirlanmoqda. Agar Isroil bir tizimni Kiyevga, Germaniya yoki Gretsiya esa boşqasini ötkazsa, ularning soni öntaga yetişi mumkin, dedi amerikalik rasmiylardan biri.

3 may kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevda jurnalistlar bilan suhbatda Vaşington bilan mineral qazib oliş böyiça kelişuv Qöşma Ştatlar Ukraina qurolli kuçlariga havo hujumidan mudofaa tizimlarini köproq yuborişini anglatişi mumkinligini aytdi.

AQŞning muhim mudofaa uskunalarini eksport qiliş qoidalariga köra, AQŞ Ukrainaga Amerika Patriot raketa tizimlarini, hatto ular uçinçi davlatlar orqali amalga oşirilgan bölsa ham, yetkazişga ruxsat berişi kerak. Hozir Ukraina uçun ta’mirlanayotgan Isroil Patriot'i eski model, dedi ikki AQŞ rasmiysi. U yozgaça Ukrainaga yetib kelişi kutilmoqda.