Savdo uruşidan ham jiddiyroq: Xitoy katta sinov qarşisida
|21:13 / 05.05.202531 48214 min
Donald Tramp boşlagan savdo uruşi qançalik bemisl darajada bölmasin, bugun Si Jinping röbaro‘ kelib turgan asosiy muammo bu emas. U içki iqtisodiyotda yalpi talabning tuşib ketganiga yeçim topişi kerak.
Xitoyda ulgurji savdogarlar davrasida yoki savdo yarmarkalari vaqtida Donald Tramp ismini tilga olsangiz, ular miyiğida kulib qöyişadi. AQŞ prezidenti va uning 145 foizlik tariflari köplab xitoylik savdogarlarni qörqita olmadi, deb yozadi BBC muxbiri Laura Bikker.
Trampning tariflari internetdagi xitoylik millatçilar armiyasini köplab memlar yasaşga, sun’iy intellekt yordamida masxaraomuz rilslar tayyorlaşga undadi. Millionlab marta körilgan bu videolarda Tramp, vitse-prezident Jyey Di Vens va milliarder Ilon Mask poyabzal fabrikasida oyoq kiyim tikayotgani, iPhone yiğib ötirganini köriş mumkin.
Xitoy bugun özini iqtisodiy qiyinçilik qarşisida turgan xalqdek tutayotgani yöq. Mamlakat raisi Si Jinping ham Pekin öz pozitsiyasidan qaytmasligini oçiq aytdi.
“70 yildan oşiq vaqtdan beri Xitoy hamişa öz-öziga işoniş va taraqqiyot uçun qattiq mehnat qiliş tamoyillariga sodiq qolib kelmoqda. Xitoy heç qaçon birovning sovğasiga qarab qolmagan va heç qanaqa uydirma bosimlardan qörqmaydi”, – dedi Si aprel oyidagi çiqişlaridan birida.
Uning bunday işonç bilan gapirişi bejiz emas: Xitoy iqtisodiyotining AQŞga eksport jihatdan boğliqligi ön yillar oldingidan ançagina kamaygan.
Şu bilan birga, bugun Trampning xurmaça siyosati Xitoy iqtisodiyotida allaqaçon mavjud bölgan muammolarni çuqurlaştiryapti. Uy-joy bozoridagi inqiroz, mehnat bozoridagi tuşkunlik va aholining qarib borayotgani fonida, Xitoy aholisi hukumat xohlaganiçalik sarf-xarajat qilayotgani yöq.
Si Jinping 2012 yilda hokimiyatga kelganida, Xitoyga jöşqin taraqqiyot sur’atlarini qaytariş orzusida edi. Hozir uning bu niyatlari sinovdan ötmoqda – va bu faqat AQŞning tariflari bilan boğliq emas.
Si qarşisidagi içki iqtisodiy çaqiriqlar
Xitoyning 1,4 milliard aholisi töliq yangi uylarga köçib ötsa ham, ular böş xonadonlarning hammasini töldira olmasligi mumkin.
Foto: STR / AFP / Getty Images
Mavzuga oid
1,4 milliard aholiga ega Xitoy, nazariy jihatdan, katta içki bozorga ega, lekin muammo şundaki, bu aholi sarf-xarajat qilişdan özini tiymoqda. Sababi, mamlakatning iqtisodiy kelajagi böyiça prognozlar noaniq.
Bu muammoning kelib çiqişi savdo uruşi emas, uy-joy bozorining qulaşi bilan boğliq. Köplab xitoylik oilalar yiğgan pullarini uy-joy sotib olişga işlatib qöygan, lekin oxirgi 5 yil içida ular olgan uylarining narxi keskin tuşib ketdi.
Köçmas mulk bozori qulaganiga qaramay, developerlar uy-joy qurişda davom etaverişdi. Natijada şunçalik köp böş kvartiralar paydo böldiki, hatto butun mamlakat aholisi yoppasiga köçib kirgan taqdirda ham, böş xonadonlarni töldira olmaydi.
Xitoy statistika byurosi rahbarining sobiq örinbosari Hu Keng ikki yil oldin vaziyatni tasdiqlab, şunday degandi: eng ekstremal baholarga köra, hozir mamlakatda 3 milliard aholiga yetadigan böş uylar mavjud.
Xitoy provinsiyalarini aylanib, böşab yotgan uy-joy majmualarini köplab uçratiş mumkin. Ayrim uylar jihozlab, derazalariga parda ilingan, uy qarşisidagi boğlar obod qilib qöyilgan, lekin qoronği tuşişi bilan, ular ham böşligi ma’lum böladi – uyda yaşab, çiroğini yoqadigan odam yöq. Ya’ni, xaridor yöq.
Uy-joy bozorida narx pufagi yuzaga kelayotgani, köplab developerlarda qarz yuki keskin oşgani va bu holat moliyaviy tizimga risklar yaratayotgani tufayli hukumat 5 yil oldin quruvçi kompaniyalar olişi mumkin bölgan qarz miqdoriga çeklov qöygan edi. Ayni şu va boşqa omillar bozordagi qulaşni boşlab berdi. Reuters agentligi joriy yil fevralda ötkazgan sörovga köra, tahlilçilar bu yil uy-joy narxlari 2,5 foizga tuşişini prognoz qilmoqda.
Qayd etiş lozim, örta qatlamni xavotirga solgan faqat uy-joy narxlari emas. Odamlarda davlat pensiya ta’minotiga nisbatan işonçsizlik oşgan. Hozir 50-60 yoşda bölgan taxminan 300 million xitoylik keyingi 10 yilda pensiyaga çiqqanida, hukumat ularni pensiya bilan ta’minlay oladimi-yöqmi, köpçilik bunga şubha bilan qarayapti. Davlatga qaraşli Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi 2019 yilda bergan baholarga köra, davlat pensiya jamğarmasi 2035 yilga borib böşab qolişi mumkin.
Bundan taşqari, xitoyliklar ösib kelayotgan yoş avlod – farzandlari va nevaralarining kelgusida iş topa olmasligi ehtimolidan xavotirda. Hozirda kollejlarni tamomlagan millionlab yoşlar qoniqarli maoş tölanadigan iş topişga qiynalyapti. 2023 yil avgust oyida e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga köra, Xitoy şaharlarida yaşovçi, 16 yoşdan 24 yoşgaça bölgan yoşlarning har 5 nafardan biri işsiz. Hukumat şundan beri yoşlar örtasidagi işsizlik statistikasini oçiqlamay qöygan.
Muammo şundaki, Xitoy işlab çiqaruvçilari şunçaki bitta tugmani bosib, AQŞga sotayotgan tovarlarini içki iste’molçilarga yönaltira olmaydi.
“Iqtisodiy faollikni pasaytiruvçi bosim mavjudligidan kelib çiqilsa, içki iste’molçilarning yaqin istiqbolda öz sarf-xarajatlarini sezilarli oşirişi dargumon. Eksport örnini içki talabni oşiriş bilan qoplaş uçun vaqt kerak”,– deydi Pekindagi Renmin universiteti professori Niye Huihua.
Fudan universitetining Amerikaşunoslik markazi direktori örinbosari, professor Jao Minghaoning fikriça, “Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar böyiça Xitoyda katta kutilmalar yöq. Haqiqiy kuraş içki siyosatni moslaştiriş, masalan içki talabni rağbatlantiriş bilan boğliq böladi”.
Sustlaşib borayotgan iqtisodiyotni ruhlantiriş uçun hukumat bola parparişi uçun subsidiyalar, oyliklar va mehnat ta’tili uçun tölanadigan haqlarni oşirişga milliardlab mablağ sarflaşini e’lon qilgan. Rasmiylar, şuningdek, odamlarni köproq xarajat qilişga undaş uçun maişiy elektronika tovarlari va elektromobillarni sotib olişda çegirmalar berişni nazarda tutuvçi 41 milliard dollarlik dasturni ilgari surmoqda. Şunga qaramay, Fudan universiteti iqtisodiyot fakulteti dekani, professor Jang Jun bu çoralarni “barqaror emas” deb hisoblaydi.
“Bizga uzoq muddatli mexanizmlar kerak. Aholining real daromadlarini oşirişimiz zarur”, deydi u.
Si qarşisidagi siyosiy çaqiriqlar
Iste’molçilar kayfiyatining favqulodda pastligi va yoşlar orasidagi yuqori işsizlik ötkir muammolar bölib qolmoqda.
Foto: Reuters
Xitoydagi yoş avlod öz kelajagiga umidsizlik bilan qarayotgani – Kommunistik partiya uçun noroziliklar yoki tartibsizliklar kabi muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.
Freedom House xalqaro taşkilotining Xitoy dissidentlarini kuzatiş guruhi hisobotiga köra, oxirgi bir neça oyda moliyaviy qiyinçiliklardan norozilik bildiriş holatlari sezilarli oşgan. Ammo ijtimoiy tarmoqlardagi barça noroziliklar tezda bostirilib, senzura qilinadi, şu sababli bunday postlar Si uçun real tahdid tuğdirişi ehtimoldan yiroq.
Xitoy oxirgi 10 yilda maişiy elektronika tovarlari, batareyalar, elektromobillar va sun’iy intellekt kabi sohalarda katta natijalarga erişib, yuqori texnologik işlab çiqariş markazlaridan biriga aylandi. DeepSeek sun’iy intellekti AQŞning texnologik dominantligiga soya solgan bölsa, BYD ötgan yili Tesla'ni quvib ötib, dunyo böylab eng köp sotilayotgan elektrokar brendiga aylandi.
Lekin Trampning tariflari aylanib turgan ğildirakka tayoq tiqqandek ta’sirga ega bölişi ehtimoli ham yöq emas.
Yaqinda eng muhim çiplarni AQŞdan Xitoyga eksport qiliş çeklangani – aynan Si hukumatining texnologik liderlik ambitsiyalarini jilovlaşga qaratilgan.
Şunga qaramay, çin elitasi yaxşi biladi: xitoylik işlab çiqaruvçilar bir qator masalalarda raqobatçi mamlakatlardan önlab yillar oldinga ötib ketişgan, şu sabab AQŞdagi işlab çiqaruvçilar uçun aynan Xitoydagidek keng kölamli infratuzilma va tajribali işçilarni boşqa joydan topiş oson bölmayapti.
Çaqiriqni imkoniyatga aylantiriş
XXR raisi joriy inqirozni kelgusi özgarişlar uçun katalizatorga aylantirişga, Xitoy uçun yangi bozorlar topişga urinmoqda.
“Yaqin istiqbolda ayrim Xitoy eksportyorlari katta özgarişlarga uçraydi. Ular qiyinçiliklarni yengib ötiş uçun eksport geografiyasini özgartira boşlaşadi. Eksportçilar hozirça kutyapti. Va yangi mijozlar ham izlaşyapti”, – deydi professor Jang.
Donald Trampning Oq uydagi birinçi vakolat muddati Xitoy uçun yangi bozorlar qidiriş kerakligi böyiça signal vazifasini ötagandi. Şundan keyin Pekin Janubi-Şarqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika davlatlari bilan aloqalarini kengaytirdi. Xususan, “Bir makon – bir yöl” loyihasi doirasidagi savdo va infratuzilma taşabbuslari Global Janub bilan hamkorlikni mustahkamlaş imkonini berdi.
Hozirgi kunda Xitoy ana şu diversifikatsiyaning mevalaridan bahramand bölyapti. Loui instituti ma’lumotlariga köra, ayni paytda AQŞdan köra Xitoy bilan köproq savdo aylanmasiga ega mamlakatlar soni 145 tadan oşgan. Taqqoslaş uçun, 2001 yilda AQŞdan köra Xitoy bilan köproq savdo-sotiq qiladigan davlatlar soni bor-yöği 30 ta edi.
“Geosiyosiy front”
Si Jinping aprel oyida Viyetnam, Malayziya va Kambodjaga safar qildi. AQŞ eksportining çorak qismi yo işlab çiqariş, yo yetkazib beriş zanjirida qöşni davlatlar bilan boğlangan.
Foto: Agence Kampuchea Press
Tramp döşt-u duşmanni birdek nişonga olayotgan bir paytda, Si paytdan foydalanib öz mamlakatini AQŞga muqobil, lekin barqaror savdo hamkori sifatida taqdim etişi ham mumkin. Bu Pekinga Vaşington gegemonligidagi dunyo tartibotini asta-sekin özgartiriş imkonini beradi.
“Trampning dahanaki tariflar siyosati Xitoy diplomatiyasi uçun imkoniyatdir”, – deydi professor Jang.
Xitoy yetakçisi yangi savdo uruşi boşlanganidan keyingi ilk taşrifini Janubi-Şarqiy Osiyoga amalga oşirgani ham bejiz emas. Xitoy eksportining qariyb çorak qismi işlab çiqariş yoki yetkazib beriş zanjirida Viyetnam va Kambodja kabi qöşni davlatlarga boğlangan. Şu sabab Trampning tariflari Xitoyning qöşnilarini ham asabiylaştirmoqda. Si Jinping esa öz taşriflarida ularni tinçlantirişni maqsad qilgan bölsa ajab emas.
Hozirgi vaziyatda Xitoy ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoği lozim. Çunki ayrim mamlakatlar Xitoy kompaniyalari buyurtmasi asosida AQŞga sotiş uçun möljallab işlab çiqarilgan tovarlar oxir-oqibat işlab çiqargan mamlakatning öziga yönaltirilişi ehtimolidan xavotirda. Bunday holat Trampning 2016 yildagi tariflaridan keyin ham kuzatilgan. Öşanda AQŞ bozori uçun işlab çiqarilgan Xitoyning köplab arzon tovarlari Janubi-Şarqiy Osiyo bozorlariga yönaltirilgan, bu esa köplab mahalliy işlab çiqaruvçilarga zarar yetkazgandi.
“Xitoy eksportining taxminan 20 foizi AQŞga yönaltiriladi. Agar bunça miqdordagi eksport biror bir mintaqa yoki mamlakat bozoriga oqib kirsa, bu demping va şafqatsiz raqobatga olib kelişi mumkin, bunday holat esa yangi savdo ziddiyatlarini keltirib çiqaradi”, – deydi professor Huihua.
Bundan taşqari, Si özini jahondagi erkin savdoning boş advokati qilib körsatmoqçi bölsa, bu unçalik işonarli çiqmaydi. Çunki oxirgi yillarda Xitoyning özi ham bir neçta mamlakatlarning tovarlariga nisbatan çeklovlar kiritgan.
Masalan, 2020 yilda Avstraliya hukumati koronavirus pandemiyasining kelib çiqişi böyiça xalqar tekşiruv ötkazişga çaqirgan edi. Öşanda Pekindagilar buni siyosiy manyovr deb qabul qilgan va bunga javoban Avstraliya vinosi va arpasiga nisbatan bojlar, Avstraliyadan import qilinadigan mol göşti va yoğoçga esa notarif tösiqlar kiritgandi. Avstraliyadan kömir, paxta va dengiz qisqiçbaqasi importi esa taqiqlangan. Şundan keyin Avstraliyaning Xitoyga ayrim tovarlari eksporti nolga tuşib qolgandi. Yaqinda rasmiy Kanberra Tramp boşlagan savdo uruşida Pekinni qöllamasligini oçiq-oydin e’lon qilgani ikki örtadagi taranglik hamon saqlanib turganidan darak beradi.
Şu tariqa, ötmişdagi xatti-harakatlari Si Jinpingga Xitoyni erkin savdoning boş tarafdori deb e’lon qiliş imkonini bermaydi.
Tramp ortga tisarildi
Tramp Xitoyga joriy etgan 145 foizlik bojlar “ança-munça pasaytirilişi”ni tan oldi, lekin qaçonligini oçiqlamadi.
Foto: Alamy
Mavjud barça qiyinçiliklarga qaramay, Xitoy ikki örtadagi savdo uruşining iqtisodiy oğriqlariga AQŞdan köra uzoqroq vaqt bardoş bera olişiga işonmoqda.
Tramp vajohatidan yumşab, ortga tisarilgani ham ana şu işonçning mevasidir, ehtimol. AQŞ prezidenti aprel oyi oxirida Xitoyga nisbatan joriy etilgan yuqori bojlar “ança-munça pasaytirilişi, lekin nolga tuşirilmasligi”ni aytdi.
Buning ortidan Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmoğida “Tramp ortga tisarildi” jumlasi eng köp qidirilgan jumlaga aylandi.
Tariflar Tramp aytganidek pasaytirilgan taqdirda ham, Xitoy özi uçun kerakli darsni olib bölgan.
Avvalgi savdo uruşidan keyin Pekin eksport bozorlarini diversifikatsiya qila boşlagan edi. Bu safargi savdo uruşi bilan esa Xitoy öz içki iqtisodiy muammolarini çuqurroq anglab yetmoqda. Bu muammolarni hal qila oliş esa Vaşingtonga emas, Pekinning öziga boğliq.