AQŞ prezidenti Donald Tramp 5 may, duşanbaga ötar keçasi Kaliforniyada 1963 yilda yopilgan "Alkatras" qamoqxonasini qayta oçişga buyruq berdi.

«Biz köçalarimizga yovuzlik, qon tökiş va tartibsizliklar uruğini sepayotgan bu ketma-ket jinoyatçilarga endi toqat qilmaymiz», deb yozdi Oq uy rahbari Truth Social platformasida. «Şuning uçun men bugun Qamoqxonalar byurosiga Adliya vazirligi, Federal qidiruv byurosi va Milliy xavfsizlik departamenti bilan birgalikda Amerikaning eng şafqatsiz va zöravon jinoyatçilarni joylaştiriş uçun kengaygan va qayta qurilgan "Alkatras" davlat qamoqxonasini qayta oçiş haqida buyruq beraman».

«Biz endi öz işlarini bajarişdan qörqqan va mamlakatimizga noqonuniy yöllar bilan kelgan jinoyatçilarni çiqarib yuborişga imkon bermaydigan jinoyatçilar, bezorilar va sudyalar asiriga aylanmaymiz. "Alkatras"ning qayta oçilişi qonun, tartib va ​​adolat ramzi böladi», deb qöşimça qildi Donald Tramp.

"Alkatras" sobiq federal qamoqxonasi San-Fransisko körfazidagi orolda joylaşgan. U 1912 yilda eski qal’a örnida qurilgan va dastlab harbiy qamoqxona sifatida foydalanilgan, ammo 1936 yilda Adliya vazirligi tasarrufiga ötkazilgan, qayta tiklangan va yanada xavfsiz holatga keltirilgan. Ma’lum bölişiça, eng xavfli jinoyatçilar «Alkatras»ga yuborilgan: xususan, bu yerda maşhur gangster Al Kapone ham jazo muddatini ötagan.