Yevropa Ittifoqi butun dunyo böylab olimlarni jalb etişga yönaltirilgan 500 million yevrolik rağbatlantiriş paketini işga tuşiriş böyiça qaror qabul qildi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Parijda ötkazilgan «Ilm-fan uçun Yevropani tanla» konferensiyasida ma’lum qildi.
«Yevropa doim olimlar YeIni tanlaşi uçun harakat qiladi. Yevrokomissiya 2025-2027 yillar davomida Yevropaga yangi olimlarni jalb qiliş uçun 500 million yevrolik paket ajratişini ma’lum qilişdan baxtliman», — deydi fon der Lyayyen.
Konferensiyada iştirok etgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron öz navbatida YeI davlatlari hukumatning biror narsa böyiça tadqiqotlarni taqiqlaş qobiliyatini nazarda tutuvçi «diktatura siyosatini rad etişini» ma’lum qildi. «Iqtisodiy modeli erkin ilm-fanga juda boğliq bölgan bu buyuk jahon demokratiyasi... bunday xatoga yöl qöyişini heç kim tasavvur ham qila olmagandi», — deydi u Qöşma Ştatlarni nazarda tutib.
Rağbatlantiriş paketi AQŞ prezidenti Donald Trampning mamlakatdagi universitetlar va tadqiqot markazlarini moliyalaştirişni qisqartiriş borasidagi siyosati fonida e’lon qilindi. Aprel oyida AQŞ Ta’lim vazirligi Harvard universitetini 2,2 milliard dollarlik davlat moliyalaştiriluvi hamda şartnomalar böyiça 60 million dollardan mahrum qildi. Şuningdek, idora 2,7 million dollarlik ikkita grantni ham bekor qilgan.









