Birlaşgan Millatlar Taşkiloti dunyo yetakçilarini gumanitar inqiroz kuçayib borayotgan Ğazo sektoridagi tinç aholiga oziq-ovqat yetkazib berişni ta’minlaşga çaqirdi.
Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi bayonotida aytilgan.
«Bizda blokada olib taşlangan zahoti tarqatiş uçun tayyor bölgan katta miqdordagi zaxiramiz bor. Biz dunyo yetakçilarini buning amalga oşişi uçun öz ta’siridan foydalanişga çaqiramiz. Hozir buning vaqti», — deyiladi bayonotda.
Boşqarma Isroilning tinç aholini oziq-ovqat bilan ta’minlaş uçun jangovar zonalarga yönaltiriş rejasini «asosiy gumanitar tamoyillarga zid» deb atadi.
BMT ma’lumotlariga köra, töqqiz haftadan beri Ğazoga yordam yetib bormagan, çunki Isroil yuklarni yetkazib berişni töliq blokadaga olgan. Şu bilan birga, insonparvarlik yordamini tasdiqlaş haqidagi aksariyat sörovlar rad etilyapti.










