Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
BMT dunyo yetakçilarini Ğazo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlaşga çaqirdi
Gumanitar yordam Falastin eksklaviga 9 haftadan beri yetib bormayapti, çunki Isroil yuklarni yetkazib berişga töliq blokada joriy etgan.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti dunyo yetakçilarini gumanitar inqiroz kuçayib borayotgan Ğazo sektoridagi tinç aholiga oziq-ovqat yetkazib berişni ta’minlaşga çaqirdi.
«Bizda blokada olib taşlangan zahoti tarqatiş uçun tayyor bölgan katta miqdordagi zaxiramiz bor. Biz dunyo yetakçilarini buning amalga oşişi uçun öz ta’siridan foydalanişga çaqiramiz. Hozir buning vaqti», — deyiladi BMTning humanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi bayonotida.
Boşqarma Isroilning tinç aholini oziq-ovqat bilan ta’minlaş uçun jangovar zonalarga yönaltiriş rejasini «asosiy gumanitar tamoyillarga zid» deb atadi.
BMT ma’lumotlariga köra, töqqiz haftadan beri Ğazoga yordam yetib bormagan, insonparvarlik yordamini tasdiqlaş haqidagi aksariyat sörovlar rad etilyapti.
Isroil harbiy mahkamasi Ğazo sektorini «töliq egallab oliş» rejasini ma’qulladi
Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi Ğazo sektoridagi «hududlarni töliq bosib oliş» va ular ustidan «barqaror nazorat» örnatişni nazarda tutuvçi “Hamas taşkilotini yöq qiliş» böyiça operativ rejani tasdiqladi. Bu haqda Isroil boş vaziri devonining maslahatçisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi.
Rejani taqdim etgan Isroil Mudofaa kuçlari boş ştab boşliği Eyal Zamir: «Biz Hamasni yöq qiliş yölidamiz» dedi. Netanyaxu harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi yiğilişida rejani «real va samarali» deb atagan hamda «Hamasni mağlub etişini va [isroillik] garovga olinganlarni qaytarişini» qöşimça qilgan.
Hukumat rahbarining ta’kidlaşiça, avvalgi operatsiyalardan farqli ölaroq, gap maqsadli reydlar haqida emas, balki «hududlarni töliq bosib oliş va ular ustidan barqaror nazorat örnatiş haqida». Rejaga Ğazodagi hududlarni qölga oliş va uşlab turiş; tinç aholining xavfsizligi uçun janubga köçiriş; Hamasni insonparvarlik yordamidan mahrum qiliş; ularning infratuzilmasi va qömondonlik punktlariga ommaviy zarbalar beriş kiritilgan.








