Yaqin Şarq sahnasida bu safar druzlar muhokama markazida. Isroil aynan druzlar sabab Suriyani bombaladi. Biroq Damaşqning asosiy homiysi Turkiya hozirça sukutda. Buning sabablari nimada? Mavzu yuzasidan siyosatşunoslar Farhod Karimov va Şavkat Ikromov “Geosiyosat”da öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Druzlar kimlar va Isroil nega druzlarning himoyaçisi bölmoqçi?
Farhod Karimov: Druzlar — bu Yaqin Şarq mintaqasidagi qadimiy elatlardan biri, yahudiylarga öxşab ham millat, ham dinni uyğurlaştirgan şakldagi bir guruh hisoblanadi. Ular öziga xos yopiq madaniyatga ega. Ular asosan Yaqin Şarq (Livan, Suriya, Isroil)da tarqalgan sirli va yarim-yopiq diniy-falsafiy oqimdir. Druzlar özlarini yagona Xudoga e’tiqod qiluvçilar deb ataydilar. Ularning diniy ta’limoti XI asrda Misrda hukmron bölgan Fotimiylar xalifaligi davrida vujudga kelgan va Ismoiliylar şia yönalişidan ajralib çiqqan.
Ularning umumiy miqdori millionga yaqinlaşadi va arab tilida gaplaşadi, arab tili yozuvlaridan foydalanişadi. Ular mintaqadagi boşqa xalqlar bilan ham juda katta integratsiyaga kirişmagan. Faqatgina ular Isroil bilan öziga xos munosabatlarni şakllantirgan.
Hattoki Suriya hokimiyatiga Ahmad aş-Şar’a kelganidan keyin Isroil Jölan tepaliklariga kirib borganda, aynan Netanyahudan bu harakatni druz yetakçilari “Bizni öz himoyangizga oling” deb iltimos qilib murojaat bilan çiqişgandi.
Şuning uçun ham yaqinda Damaşq atrofidagi portlaşlarda yoki hujumlarda Isroil aynan druzlar ularning himoyasi ostida ekanligini körsatiş uçun ham amalga oşirişdi.
Şavkat Ikromov: Soniga köra eng köp druzlar bugungi kunda Suriyada yaşaydi. Undan keyin Isroilda va Livanda ham istiqomat qilişadi. Taxminan 150 mingdan ortiqroq druzlar Isroilda yaşaydi deb köriladi. Şarqdagi boşqa arab davlatlarida ham juda kam sonda yaşaydi.
E’tiqodga köra ular ibroniy ya’ni Ibrohim alayhissalomdan qolayotgan yakka hudolik ta’limotiga amal qiladi. Xudoni yagona deb biladi, lekin şundan keyingi masalalar böyiça barça dinlardan farq qiladi. Suriyada yaşayotganlarning içida ham, Isroilda yaşayotganlar orasida ham bölinişlar bor. Töğri, druzlarning içida mazhabiy bölinişlar kuzatilmaydi. Lekin siyosiy hokimiyat qabul qilinişiga köra ular bölinadi.
Masalan, Isroildagilar aytadiki, biz e’tiqod nuqtayi nazaridan druzmiz, madaniy va etnik nuqtayi nazardan arabmiz va bizning fuqaroligimiz, ya’ni bizning vatandoşligimiz Isroil vatandoşi deb e’tirof etişadi. Isroildagi druzlar haqida gapirganimizda, Isroil an’analariga köra, Isroil armiyasida xizmat qiliş huquqiga faqatgina yahudiylar ega deb bilinadi.








