5 may, duşanba kuni keçqurun Isroil harbiy-havo kuçlarining 20 ga yaqin qiruvçi samolyoti Yaman qirğoqlaridagi husiyçilar infratuzilmasiga, jumladan, Xodeyda port şahri va Bajil şahri yaqinidagi sement zavodiga zarba berdi, deb yozadi Times of Israel gazetasi Isroil mudofaa kuçlari (TsAXAL)ga tayanib.
Zarba bir kun avval zaydlar musulmon şia ozçiligining radikal guruhi husiyçilari tomonidan amalga oşirilgan raketa hujumiga javob böldi. Tel-Avivdagi Ben Gurion xalqaro aeroporti yaqinida raketa qulaşi oqibatida bir neça kişi jarohatlandi.
Isroil harbiylari Xodeyda portidan husiyçilar «Eron qurollari, harbiy texnikalarini taşiş va boşqa terrorçilik maqsadlarida» foydalanganini aytdi. TsAXAL ma’lumotlariga köra, Bajildagi sement zavodidan husiyçilar tunnellar va harbiy infratuzilma quriş uçun foydalanmoqda. Isroil harbiylari bu hujum «rejim iqtisodiyoti va harbiy salohiyatiga zarba» ekanligini aytdi.









