«Qamoqxonalar qamoqxonasi». Tramp qayta tiklamoqçi bölgan Alkatras haqida nimalar ma’lum?
|20:58 / 06.05.202518 08910 min
Bu orolda XIX asr örtalarida AQŞning ğarbiy sohilidagi birinçi mayoq qurilgan bölib, u Tinç okeanidagi kemalarga yöl körsatgan. Xuddi öşa paytlarda u yerda Kaliforniyani dengiz hujumlaridan himoya qiladigan, yuzlab töplarga ega qal’a qurilgan.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Ammo Alkatras Şimoliy Kaliforniyadagi San-Fransisko körfazi ustidagi bu qoyada AQŞning eng aşaddiy gangsterlari uçun qattiq rejimli federal qamoqxona joylaşgan yillarda maşhur böldi.
1934 yildan 1962 yilgaça «Qoya» deb nomlangan bu qamoqxonaga qit’adagi boşqa qamoqxonalarga joylaştiriş uçun haddan taşqari xavfli deb hisoblangan jinoyatçilar ötkazilgan.
Bu yerdan eng maşhur qoçiş 1962 yilda röy bergan va unda iştirok etgan uç mahbus haqida boşqa heç kim eşitmagan. Şundan keyin qamoqxona yopilgan, ammo u haqidagi afsonalar guvohlarning xotiralari va Hollivud filmlari tufayli yaşaşda davom etmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp «Amerikaning eng şafqatsiz va tajovuzkor jinoyatçilari»ni saqlaş uçun Alkatrasni qayta oçiş va kengaytirişni buyurdi.
Butun dunyoga maşhur bölişiga qaramay, Alkatras haqida köpçilik bexabar bölgan faktlar bor.
Namunali qamoqxonami?
Hozirda Alkatras — sayyohlar taşrif buyuradigan maskanga aylangan
Heç narsa unmaydigan qoyalardan iborat Alkatras orolidagi qal’a 1859 yilda qurilgan.
Keyinçalik bu yer harbiy qamoqxonaga aylantirilgan. Rasmiylar San-Fransisko körfazidagi kuçli oqimlar va sovuq suv tufayli undan qoçişning imkoni yöq deb hisoblaşgan.
1912 yilga kelib bu yerda dunyodagi eng katta temir-beton bino paydo böladi.
1933 yildan boşlab Alkatras alohida turdagi qamoqxona sifatida obro‘ qozondi: u AQŞ axloq tuzatiş federal byurosi tomonidan «qamoqxonalar qamoqxonasi» deb nomlangan.
Amalda, bu AQŞning boşqa qamoqxonalarida uşlab turiş uçun juda itoatsiz bölgan mahbuslar şu yerga yuborilişini anglatardi.
Alkatras qamoqxonasidan qoçiş juda qiyin edi
Bu yerda 1×3 saqlaş tizimi deb ataladigan tizim sinovdan ötkaziladi, unga köra har uç mahbusga bitta qöriqçi töğri kelardi. Keyinçalik bu tizim boşqa federal qamoqxonalarga ham tatbiq etiladi.
Mavzuga oid
Qamoqxonaning birinçi boşliği Jyeyms Jonston bölib, u qamoqxonadagi asosiy narsa mahbuslarni reabilitatsiya qiliş va ijtimoiy reintegratsiya qiliş emas, balki qattiq intizom deb hisoblagan. Uning qoidalariga köra, har bir mahbusga alohida kamera ajratilgan, lekin, albatta, uning qulayligi uçun emas: Jonston qamoqda yakkalab qöyiş – bu fitna va qoçişning oldini olişning yaxşi usuli deb bilardi.
Amaldagi qoidalarning eng dahşatlisi, qamoqxona aholisining tajribasiga köra, favqulodda sukunat qoidasi edi: mahbuslarga faqat dam oliş kunlari dam oliş paytida gaplaşişga ruxsat berilardi. Qoidalarni buzganlarni «yama»ga – mahbusni haftalab uşlab turişlari mumkin bölgan yerosti kamerasiga jönatişgan.
Kiçik raqamlar, katta nomlar
AQŞ qamoqxonalar federal byurosi ma’lumotlariga köra, Alkatrasdagi mahbuslar soni har doim muassasaning maksimal siğimidan past bölgan.
Bu yerda örtaça 260 dan 275 nafargaça mahbus saqlangan, bu federal qamoqxonalardagi jami mahbuslarning 1 foizidan kamroğini taşkil etardi. Ammo mahbuslar soni kam bölsa-da, panjara ortidagilarning ismlari maşhur edi: ularning aksariyati Buyuk inqiroz davridagi uyuşgan jinoyatçilik guruhlari vakillari edi.
Eng maşhuri, şubhasiz, Çikagodagi maşhur mafiya sindikatini boşqargan gangster va kontrabandaçi Al Kapone bölgan.
Kapone Atlantadagi qamoqxonada ekanida jinoiy faoliyatni boşqarişda davom etgan deb topilgani uçun Alkatrasga yuboriladi. Alkatras qamoqxonasida u tört yildan sal köproq vaqt qoladi, zahm kasalligiga çalinganidan keyin boşqa muassasaga ötkaziladi.
Şon-şuhrati qamoqxona yölaklaridan taşqariga çiqqan yana bir şaxs qotillikda ayblanib sudlangan Robert Stroud edi.
Uni quşlarga bölgan muhabbati uçun «Alkatras ornitologi» deb ataşgan. Avvalgi qamoq joyida, Kanzasda u bir neçta quş boqqan, ammo Alkatrasda bu taqiqlangandi va u kitoblardan ornitologiyani örganişga majbur bölgan.
Al Kapone
«Dahşatli» laqabli gangster Elvin Karpis 1930-yillarda FQB röyxatidagi «1-raqamli xalq duşmani» sanalgan va Alkatrasda eng uzoq yaşagan mahbus bölgan – u 25 yil-u bir oy qamoqda ötirgan.
Bu kameralarni gangster Jorj «Pulemyot Kelli» Barns ham, 1950-yillarda Kapitoliyga qurolli hujumda qatnaşgan Puerto-Riko millatçi partiyasi a’zosi Rafael Kansel Miranda ham körgan.
Qoçişlar va hafsala pir bölişi
Me’morlar Alkatrasni qoçib bölmaydigan qamoqxona sifatida öylab topgandi – elektrli devorlari, tikanli simlar, qurollangan qöriqçilar turgan minoralar va atrofdagi muzdek okean suvi.
Ammo bu önlab mahbuslarning qoçişga urinişiga tösqinlik qilmadi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, qariyb öttiz yil içida 36 kişi iştirok etgan 14 ta uriniş amalga oşirilgan. Federal qamoqxonalar byurosi ma’lumotlariga köra, 23 kişi qölga olingan, olti kişi qoçiş çoğida otib taşlangan, yana ikki kişi çökib ketgan.
Ammo qoçişga uringanlardan beş nafari topilmagan: rasmiylar ularni bedarak yöqolgan deb hisoblasa-da, ba’zilar ular qoçişga muvaffaq bölganini taxmin qiladi.
Birinçi qoçişga uriniş 1936 yilda, qamoqxona oçilganidan ikki yil ötib röy bergan: lekin bu u oddiy va ilojsiz uriniş edi. Jo Bauers ismli mahbus qamoqxona devoriga çiqişga qaror qiladi va pastga tuşiş buyruğiga böysunişdan boş tortganidan keyin qöriqçilar tomonidan otib taşlanadi.
Ön yil ötgaç, yanada puxta öylangan ikkita uriniş amalga oşiriladi.
1945 yilda Jon Jaylsning qoçişga urinişi deyarli amalga oşgandi. Öğirlangan harbiy kiyim va qalbaki hujjatlar yordamida u harbiy kemaga ötirib, materikka yetib olişga muvaffaq bölgan, biroq rasmiylar uning kiyimi boşqalarnikidan farq qilişini payqab, uni hibsga olgan.
1946 yilda qamoqxona tarixidagi eng dahşatli qoçişning oldi olinadi - bu voqea «Alkatras jangi» sifatida tarixda qolgan. Olti nafar mahbus öqotar qurolni qölga kiritgan, ikki qöriqçini öldirgan va yana 18 kişini yaralagan. Lekin qoçib qutulolmagan.
Sönggi ikkita uriniş 1962 yilda sodir böladi va Alkatras qamoqxonasi taqdirini hal qiladi: dastlab mahbuslar Frenk Morris va aka-uka Klarens va Jon Englin qoçib ketişadi va keyinçalik qöşni orolda topilgan ba’zi narsalarni hisobga olmaganda, izsiz ğoyib bölişadi. Hisobotda ular «çökkani taxmin qilingan» deb yozilgan.
Keyin Jon Skott va Darl Parker yertöladagi oşxona orqali qoçişga muvaffaq bölişdi, ammo ular orol yaqinida, suvdaligida qölga olinadi.
Hollivud mahsulotlari
Odamlarda Alkatras haqidagi tasavvurlar Hollivud filmlari bilan oziqlangan bölib, bunday filmlar doim ham tarixçilar va hujjatli filmlar tomonidan qayd etilgan faktlarga mos kelmagan.
«Alkatras» köplab kitoblar va filmlarda tasvirlanganidek, Qöşma Ştatlarning «la’natlangan qamoqxonasi» emasdi. Aslida, köplab mahbuslar u yerda yaşaş şaroitlarini, masalan, alohida kameralarni boşqa federal qamoqxonalarga qaraganda yaxşiroq deb topgan», – degan Federal qamoqxonalar byurosi matbuot kotibi.
«Qoya» haqidagi eng maşhur filmlardan biri – 1979 yilda Klint Istvud iştirokidagi «Alkatrasdan qoçiş» filmi bölib, unda Frenk Morris va aka-uka Englinlarning qoçişga urinişi tasvirlangan. Filmning syujyeti şuni körsatadiki, ular materikka suzib borişga muvaffaq bölgani haqida aniq dalillar hali ham yöq.
Ornitolog Straud öz maşhurligi uçun 1972 yilda Bert Lankaster boş rolni öynagan film uçun ssenariyga aylantirilgan biografik matndan minnatdor bölişi kerak.
«Birinçi darajali qotillik» filmida Alkatras mahbusi Anri Teodor Yang kiçik jinoyati uçun qamoqqa taşlangan yetim sifatida tasvirlangan, holbuki hayotdagi Yang köplab jinoyatlar sodir etgan, qamoqxonada esa kameradoşini ham öldirgan.
Qamoqxona oşxonasi, 1959 yil.
Foto: Bettmann/Getty Images
Keyingi ön yilliklarda oroldagi qamoqxona Nikolas Keyj va Şon Konneri iştirokidagi «Qoya» (1996) filmi, uning nomi bilan atalgan videoöyin va 2012 yilda yagona mavsumi çiqqan «Alkatras» teleseriali olingan joy böldi.
Qamoqxona nega yopilgandi?
1963 yilda Alkatrasning yopilişiga asosiy sabab uni saqlaş xarajatlari edi. AQŞ Adliya vazirligi hisob-kitoblariga köra, dengiz tuzi yemiradigan binolarni ta’mirlaş uçun 5 million dollar, har bir mahbusni saqlaş uçun esa kuniga deyarli 10 dollar sarflanar, bu boşqa jazoni ijro etiş muassasalarining xarajatlaridan ança köp edi.
Rasmiy yopilişdan keyin ham orol uzoq vaqt kimsasiz qolmadi: «Barça qabilalarning aborigenlari» taşkilotiga birlaşgan bir guruh hindu faollari orolni egallab olişdi va unda maktab va madaniy markaz taşkil qilmoqçi bölişdi. Ular XIX asrda AQŞ hukumatiga qarşilik körsatgan hindu yölboşçilari saqlangan orolga tarixiy huquqqa egaliklarini aytişardi.
Ammo bu loyiha moliyaviy qiyinçiliklar – xususan, orolga materiallar va asboblarni yetkazib beriş qimmatligi, şuningdek, faollar örtasidagi kelişmovçiliklar va nihoyat kuçli yonğin tufayli töxtab qoldi. Natijada AQŞ prezidenti Riçard Nikson 1971 yilda oroldagi odamlarni evakuatsiya qilişga buyruq beradi.
Bugungi kunda Alkatras – San-Fransiskoning diqqatga sazovor maskanlaridan biridir: orolga har yili örtaça 1,3 mln sayyoh taşrif buyuradi. Bu yerda har yili «Alkatrasdan qoçiş» nomli triatlon ötkaziladi, unda yuzlab sportçilar tegişli tayyorgarlik va jihozlarga ega holda maş’um oroldan qoçib, materikkaça eson-omon yetib oliş mumkinligini namoyiş etişadi.