6 may, seşanbaga ötar keçasi Moskva osmonida havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan 19 ta dron urib tuşirildi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Moskva tomon uçayotgan urib tuşirilgan uçuvçisiz uçoqlardan birining qoldiqlari Kaşirskoye şossesi hududiga qulab tuşdi, deb yozadi Sobyanin. Dastlabki ma’lumotlarga köra jiddiy vayronagarçilik va qurbonlar yöq. Baza Telegram kanalining aniqlik kiritişiça, dron qoldiqlari «Kaşirskaya» metro bekati yaqinidagi köp qavatli uyga kelib tuşgan.

Moskvaning Vnukovo, Domodedovo, Şeremetevo va Jukovskiy aeroportlarida samolyotlarning kelişi va uçişiga çeklovlar joriy etildi. Bu haqda Federal havo transporti agentligi xabar berdi. Bundan taşqari, departament Kaluga, Volgograd, Samara, Saratov, Nijniy Novgorod, Ivanovo va Yaroslavl aeroportlari yopilişini e’lon qildi. Bir neça soatdan keyin çeklovlar olib taşlandi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, tunda Voronej viloyatida 18 ta, Saratov viloyatida esa 10 ta dron urib tuşirilgan.