AQŞ Vakillar palatasining Demokratik partiyadan a’zosi Raşida Tlaib Qöşma Ştatlarni «genotsid»ga şeriklikda aybladi.
X ijtimoiy tarmoğida çop etilgan bayonotida Tlaib Isroil hukumatining qaroriga keskin munosabat bildirdi.
«Isroil 64 kundan beri insonparvarlik yordamining Ğazoga kirişiga tösqinlik qilmoqda. Uruş jinoyatçisi Binyamin Netanyaxu butun Falastin aholisini majburan çiqarib yuboriş, etnik tozalaş, Ğazoni butunlay vayron qiliş va uni anneksiya qilişni nazarda tutuvçi rejani oşkor qildi», — deb yozadi u.
Tlaibning sözlariga köra, Isroil boşidanoq bu yölni tanlagan.
«Qöşma Ştatlar bu genotsidning şerigi», deb ta’kidladi siyosatçi.
Avvalroq Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi Ğazo sektoridagi «hududlarni töliq bosib oliş» va ular ustidan «barqaror nazorat» örnatişni nazarda tutuvçi “Hamas taşkilotini yöq qiliş» böyiça operativ rejani tasdiqladi. Bu haqda Isroil boş vaziri devonining maslahatçisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi.
Hukumat rahbarining ta’kidlaşiça, avvalgi operatsiyalardan farqli ölaroq, gap maqsadli reydlar haqida emas, balki «hududlarni töliq bosib oliş va ular ustidan barqaror nazorat örnatiş haqida». Rejaga Ğazodagi hududlarni qölga oliş va uşlab turiş; tinç aholining xavfsizligi uçun janubga köçiriş; Hamasni insonparvarlik yordamidan mahrum qiliş; ularning infratuzilmasi va qömondonlik punktlariga ommaviy zarbalar beriş kiritilgan.









