Rossiya Markaziy banki Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG bank guruhining Rossiyadagi şu’basi "Rayffayzenbank" hisobvarağidan rubl ekvivalentidagi taxminan 1,87 milliard yevroni majburan musodara qildi va bu summani "Rasperia" kompaniyasi hisobiga ötkazdi. Bu haqda Raiffeisen Bank International AĞning 6 may, seşanba kuni çop etilgan press-relizida aytilgan.
Mablağlar Rossiya sudining Raiffeisen Bank International AĞning Rossiyadagi şu’ba korxonasiga rossiyalik milliarder Oleg Deripaska bilan boğliq bölgan "Rasperia" kompaniyasiga tovon tölaş majburiyatini yuklaganidan keyin musodara qilingan. "Rayffayzenbank"dan musodara etilgan summa sud tomonidan aniqlangan zararga teng. Avstriya bank guruhining ta’kidlaşiça, "Rasperia" uşbu foizlarni «istalgan vaqtda» majburiy undirişni talab qilişi mumkin.
Raiffeisen Bank International AG avvalroq sud qarori tufayli qöşimça moliyaviy yöqotişlarni kutmayotganini ta’kidlagan edi. 2024 yilning törtinçi çoragida bank ehtimoliy yöqotişlar uçun 840 million yevro ajratgan. Raiffeisen Bank International, xabar qilinganidek, mablağning qolgan qismini deyarli 6 milliard yevro kapitalga ega bölgan Rossiyadagi şu’ba korxonasining aktivlarini sotiş orqali qoplaş niyatida.









