Prezident Şavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi federal kansleri Fridrix Mersni uşbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Davlat rahbari öz maktubida kansler rahbarligidagi hukumatning boşqaruvi ostida Germaniya jahonning yetakçi demokratik va iqtisodiy rivojlangan mamlakati sifatida öz mavqeini yanada mustahkamlaşda davom etişiga işonç bildirdi.

Özbekiston Yevropa Ittifoqidagi an’anaviy va vaqt sinovlaridan ötgan hamda muhim hamkor bölgan Germaniya bilan köp qirrali hamda uzoq muddatli aloqalarni çuqurlaştirişga ustuvor ahamiyat qaratişi ta’kidlangan.

«Siz bilan birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz bilan «yaşil» iqtisodiyot, investitsiyalar, infratuzilma, texnologiyalar, ta’lim, soğliqni saqlaş, ekologiya va boşqa ustuvor sohalardagi şerikligimiz jadal rivojlanib, kelgusida mutlaqo yangi bosqiçga kötarilişiga aminman», deyiladi prezident maktubida.

6 may kuni Bundestag Fridrix Mersni Germaniya kansleri etib sayladi. 70 yoşli siyosatçi bu lavozimda Olaf Şols örnini egalladi.