Sönggi yetti yilda tibbiyot oliygohlariga qabul 4,5 barobar köpayib, yiliga 25 ming nafar yoşlar öqişga kirmoqda. Ularning 40 foizi xususiy oliygohlarda öqimoqda.

Bitiruv imtihonini oliygohning özi olişi, bilim va könikmalarni baholovçi şaffof tizim yöqligi oqibatida mutaxassislar yetarli bilim va amaliy könikmasiz mehnat bozoriga kirib kelayotgani qayd etildi.

Endilikda tibbiyot oliygohlari va texnikum bitiruvçilarining zamonaviy diagnostika va davolaş usullarini özlaştirişi şaffof tizim asosida alohida baholanadi. Bu tizim işlayotgan vraç va hamşiralarga ham tatbiq etiladi.

Şu maqsadda Tibbiyot sohasini baholaş milliy markazi taşkil qilinadi. Uşbu markazga xalqaro tan olingan xorijiy taşkilot jalb qilinadi. Davlat va xususiy klinikalar esa akkreditatsiyadan ötadi.

Tibbiyot xodimlari malakasini oşiriş vazifasi davlat va xususiy tibbiyot oliygohlari, ixtisoslaşgan markazlar va viloyat muassasalariga beriladi.

Mutasaddilarga şifokor va hamşiralarni tayyorlaş böyiça yagona malaka talablarini işlab çiqiş topşirildi.

Dual ta’lim töliq joriy qiliş mumkin bölgan soha tibbiyot ekani ta’kidlandi.

Lekin tibbiyot oliygohlari qoşidagi birorta klinika ularning balansida emasligi bunga tösqinlik qilayotgani qayd etildi.

Mutasaddilarga Qoraqalpoğiston, Farğona va Urganç tibbiyot oliygohlariga moliyaviy mustaqillik beriş, Qoraqalpoğiston, Buxoro, Samarqand, Toşkent, Farğona va Urganç tibbiyot oliygohlari klinikasini ham ularning tarkibiy tuzilmasiga ötkaziş topşirildi. 

Oliygohlarning tegişli kafedralari klinika bölimlaridagi davolaş işlarini boşqaradi.

Tibbiyot oliygohlari rektorlari öz tizimidagi klinik bazasi bölgan boşqa muassasalarni ham ta’mirlaş-jihozlaşga mas’ul böladi.

Tibbiyotni rivojlantiriş böyiça yiğilişda aytilgan katta taşabbuslarning ijrosi joylarda, eng avvalo, birlamçi böğinda sözsiz ta’minlanişi şartligi qayd etildi.

Har bir vazir, hokim, deputat va senator joylardagi şaroitni öz közi bilan körsa, qolaversa, özi va oila a’zolari öz hududidagi oilaviy poliklinikaga çiqib, hududiy şifoxonasida davolansa, bu islohotlarning tezroq pastga tuşişiga xizmat qilişi alohida ta’kidlandi.