Yaman husiylari siyosiy byurosi a’zosi Zayfulla aş-Şomiy Al-Mayadeen naşri bilan suhbatda AQŞ prezidenti Trampning «husiylar taslim bölgani» haqidagi sözlarini rad etdi. U Tramp jamoasi bilan rasmiy aloqalari yöqligini va AQŞ prezidentining özi esa «yolğon gapirayotganini» ta’kidladi.

6 may kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Yaman husiylari endi jang qilişni istamayotgani, şuning uçun Qöşma Ştatlar ularning pozitsiyalariga zarba berişni töxtatişini aytdi.

«Husiylar endi jang qilişni xohlamasligini e’lon etişdi yoki heç bölmaganda bizga e’lon qilişdi. Ular şunçaki jang qilişni xohlamayapti. Va biz buni hurmat qilamiz. Va biz bombardimon qilişni töxtatamiz, ular taslim böldi, lekin muhimi, biz ularning sözlariga işonamiz. Ular endi kemalarni portlatib yubormasligini aytdi. Va bu bizning harakatlarimizdagi asosiy maqsad edi», dedi Tramp.

AQŞ prezidentining qöşimça qilişiça, Amerika harbiylari husiylar pozitsiyalarini bombardimon qilişni darhol töxtatadi.

CNN xabariga köra, Trampning bayonoti sönggi kunlarda AQŞ, Ummon va husiylar örtasida diplomatik faollikning kuçayişi ortidan sodir böldi.

Ummon taşqi işlar vaziri Badr al-Busaidiy ijtimoiy tarmoqda «kelajakda heç bir tomon Qizil dengiz va Bob al-Mandib böğozida xalqaro tijorat navigatsiyasi erkinligini ta’minlagan holda bir-biriga, jumladan AQŞ kemalariga ham hujum qilmasligini» yozdi.

Husiylar – yamanlik şia jangari harakati bölib, rasman «Ansorulloh» nomi bilan tanilgan. Ular Yaman hukumatiga qarşi, şuningdek, Saudiya Arabistoni va uning ittifoqçilariga faol qurolli qarşilik körsatadi, Isroilni asosiy duşmani deb hisoblaydi. Husiylar Qizil dengizda kemalarga hujum qiliş orqali dengiz navigatsiyasini deyarli töxtatib qöygan edi.