Yevropa Ittifoqi AQŞning 100 milliard yevroga yaqin tovarlariga qöşimça savdo bojlari joriy etiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bryussel savdo mojarosini hal qiliş böyiça muzokaralar qoniqarli natijalarga olib kelmasa, şunday çoralar körişi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg 6 may, seşanba kuni Yevropa Ittifoqidagi manbalarga tayanib.

Uning ma’lumotiga köra, 7 may kuni YeI mamlakatlariga yangi qarşi çoralar tuşuntiriladi. YeI doirasidagi maslahatlaşuvlar taxminan bir oy davom etişi kutilmoqda, şundan söng yangi tariflar joriy etiladigan tovarlar röyxati tasdiqlanadi.

Ayni paytda Yevropa Ittifoqining savdo böyiça komissari Maroş Şefçoviçning aytişiça, Yevropa Ittifoqi Qöşma Ştatlar bilan salbiy kelişuvni şoşilinç tarzda imzolaş uçun bosim ostida qolmagan. «Biz özimizni kuçsiz his qilmayapmiz», dedi u 6 may kuni Yevroparlamentdagi çiqişida. Şuning uçun, Yevropa komissariga köra, Bryussel öziga nisbatan adolatsiz böladigan qaror qabul qilmasligi kerak.