Qöşma Ştatlarning yirik kompaniyalari, jumladan Microsoft, Adobe, IBM va Cognizant kompaniyalarining 250 nafardan ortiq rahbari AQŞ maktablarida majburiy kompyuter fanlari va sun’iy intellekt (SI) kurslarini öqitişga çaqiruvçi oçiq xatni imzoladi.

Imzolovçilar orasida Satya Nadella (Microsoft), Şantanu Narayen (Adobe), Arvind Krişna (IBM) va Ravi Kumar (Cognizant) bor. Ular agar bolalarni texnologiyaga tayyorlamasa, Qöşma Ştatlar boşqa mamlakatlardan ortda qoliş xavfi borligidan ogohlantirmoqda.

Maktub mualliflari SI mehnat bozorini özgartirayotganini va bu sohada bilimsiz avlodlar kelajakda raqobatlaşa olmasligini ta’kidlaydi. Ular sun’iy intellekt va dasturlaş könikmalari iş haqini 8 foizga oşirişi va 660 milliard dollarlik iqtisodiy qiymat yaratişi mumkinligini körsatadigan ma’lumotlarni keltirmoqda.

Ta’kidlanişiça, hozir Qöşma Ştatlarning 37 ta ştati maktab öquv dasturlariga informatika fanini kiritgan. Yetakçilar fikriga köra, bu yetarli emas.