8 may kuni Andijon viloyati Buloqboşi tumani Sarvontepa mahallasi hududidan oqib ötuvçi Janubiy Farğona kanali qirğoqlarining biriga şikast yetgan.

Hodisa oqibatida kanal suvi toşib, atrofdagi köçalarni suv bosgan.

Kun.uz manbasi xabar berişiça, Buloqboşi tumanining kanalga tutaş hududlari aholisi evakuatsiya qilinmoqda.

Uşbu ma’lumot olinişi bilan viloyat Norin-Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari boşqarmasi tomonidan suv butkul töxtatilgan. 

Hozirda viloyat hokimi boşçiligidagi mutasaddi taşkilotlar iştirokida işçi guruh taşkil qilinib, holat bartaraf etilmoqda. Barça kerakli texnika vositalari jalb qilinib, jarayon nazoratga olindi.

Tuman hokimi Kun.uz’ga izoh berişiça, hodisa oqibatlarini bartaraf etiş uçun 40 ga yaqin texnika jalb qilingan. Suv sizib çiqişini töxtatiş işlari davom etmoqda.