Söl populist "Sara Vagenknext ittifoqi"dan ikki nemis yevrodeputati Ikkinçi jahon uruşida faşistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan ğalabaning 80 yilligini nişonlaş çoğida Moskvaga taşrif buyuradi. Ma’lumotlarga köra, deputatlar Mixael fon der Şulenburg va Rut Firmenix tantanalarda iştirok etişni rejalaştirgan, deb xabar qildi dpa axborot agentligi 7 may, çorşanba kuni. Şundan söng ular Kiyevga borişni rejalaştirişgan, ularning sözlariga köra, buning uçun Ukraina elçixonasi bilan aloqa örnatilgan.

Moskvada deputatlar «parlament a’zolari, boşqa siyosatçilar va madaniyat sohasi vakillari» bilan muloqot qilişni rejalaştirmoqda. Ularning sözlariga köra, Çexiya, Kipr va Slovakiyadan bölgan Yevroparlament deputatlari bilan birgalikda Moskvaga ikki kunlik safar Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 8-10 may kunlari e’lon qilingan otaşkesim davrida taşkil etiladi. «Biz Ukrainada uzoq muddatli sulhning amal qilişi muhim ekanini körsatmoqçimiz», — deya nemis deputatlarining sözlaridan iqtibos keltiradi dpa agentligi.

9 may kuni Moskvada Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligiga bağişlangan parad bölib ötadi. Bayramlarda xalqaro mehmonlar, jumladan, Xitoy yetakçisi Si Jinping, uning braziliyalik hamkasbi Luis Inasiu Lula da Silva, şuningdek, Qozoğiston, Belarus, Kuba va Venesuela rahbarlari iştirok etişi kutilmoqda. Bundan taşqari, Slovakiya boş vaziri Robert Fitso va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç iştirok etişini tasdiqladi, biroq Hindiston boş vaziri Narendra Modi Moskvaga borişdan boş tortdi. Şuningdek, YeIga nomzod davlatlar rahbarlariga Rossiyadagi tantanalarga borişdan boş tortiş tavsiya etilgani xabar qilingan.