Davlat rahbari sönggi yillarda şakllangan an’anaga muvofiq, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulçambar qöydi hamda “Xotira nuri” kompozitsiyasi bilan tanişdi.
Hujjatlarning dalolat berişiça, faşizmga qarşi qonli janglarda öşa paytda 6 mln 800 ming nafarni taşkil etgan Özbekiston aholisining qariyb 2 mln nafari iştirok etgan. Şundan 540 mingga yaqini halok bölgan, 158 ming nafari bedarak yöqolgan, 50 mingdan ortiği konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bölgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bölib qaytgan.

Özbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani ularning jasoratidan dalolat beradi.
Mamlakat uruş yillarida frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylangan, jang maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yaroğ, kiyim va oziq-ovqatlar yetkazib turilgan. Ğoyat oğir şaroitga qaramay, Özbekiston xalqi uruş hududlaridan köçirib kelingan 1 mln 500 mingga yaqin insonni, jumladan, ota-onasidan judo bölgan 250 ming nafar yetim bolani öz bağriga olib, mehr körsatgan.

“Bular çinakam mardlik va qahramonlik solnomasidir. Bunday murakkab va şonli ğalabaga munosib hissa qöşgan matonatli xalqimiz bilan har qança faxrlansak arziydi. Bu qahramonliklarni heç qaçon unutmasligimiz, yoşlarimizga yetkazişimiz kerak. Ayniqsa, hozirgi tahlikali zamonda buning ahamiyati nihoyatda katta. Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bölişimiz kerak”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezidentning 19 fevraldagi qaroriga muvofiq, Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlaş kuni munosib nişonlanmoqda. Bugungi avlodlar tinçligi, mamlakat barqarorligi uçun jon fido qilgan insonlar xotirasi hurmat bilan yodga olinmoqda. Ayni vaqtda hayot bölgan mehnat faxriylari va keksalarga ehtirom körsatilmoqda.

Tadbirda Özbekiston Qurolli Kuçlari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, mahalla faollari va nuroniylar ham iştirok etib, mazkur yodgorlik poyiga gullar qöyişdi.
Davlat rahbari boğda örnatilgan “Xotira nuri” kompozitsiyasini ham közdan keçirdi. U Ikkinçi jahon uruşi va front ortida mehnat qilgan özbekistonlik qahramonlar xotirasiga bağişlab barpo etilgan. Monument parvoz qilayotgan ikki quş şaklida bölib, katta va yoş avlodlar örtasidagi vorisiylikni ifodalaydi.










