Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers yevropalik ittifoqçilar bilan yadroviy töxtatib turiş masalalarini muhokama qilişga tayyorligini ma’lum qildi. Mers 7 may, çorşanba kuni Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uçraşganida: «Fransiya va Buyuk Britaniya bilan kelajakda qanday qilib birgalikda bunday töxtatuvçilikni ta’minlaşimiz mumkinligini muhokama qilişimiz uçun fundamental zarurat körmoqdaman», dedi.

Şu bilan birga, Fransiya yadroviy soyabonining mumkin bölgan kengayişi AQŞ yadroviy kafolatlarini almaştirmaydi, balki ularga qöşimça böladi, dedi Germaniya kansleri özining yangi lavozimidagi birinçi xorijiy taşrifi çoğida.

Mers, şuningdek, Fransiya bilan bölajak muzokaralarni «uç plyus uç» formatida e’lon qildi, bu uçraşuvlarda Germaniya kansleri va Fransiya prezidenti, şuningdek, ikki mamlakat taşqi işlar va mudofaa vazirlari iştirok etişini anglatadi. Mers ham, Makron ham Fransiya-Germaniya munosabatlarini mustahkamlaş niyatida ekanini ta’kidladi, deya xabar beradi AFP.