Uşbu kitobning kiriş qismida özbek tilining öziga xos xususiyatlari, uning özgariş bosqiçlari hamda özbek xalqining şakllaniş tarixi haqida söz yuritilgan.

Kitobning asosiy qismidagi 22 ta darslar yirik mavzularni boşqa qöllanmalar kabi alohida-alohida töliq tuşuntirişga emas, balki xorijiy tilni örganiş uçun eng zarur bölgan qoidalar va konstruksiyalarni örgatişga bağişlangan.

Özbek tilida fe’l zamonlarini tuşuniş xorijliklar uçun nisbatan murakkabligini inobatga olib, qabul qilingan standartlardan farqli ravişda ingliz tiliga qiyoslab sodda körinişda tuşuntirilgan.

Har bir dars söngida qisqa maşqlar va matnlar keltirilgan. Bunda örganuvçiga yuk bölmasligi uçun maşqlar soni köpaytirilmagan. Qöllanma oxirida til örganişni osonlaştiruvçi qöşimça qismlar ham kiritilgan.

Qöllanma söngida 2500 dan ortiq faol qöllaniladigan sözlar asosida özbekça-inglizça luğat çop etildi.

Elçixona taşabbusi bilan naşrga tayyorlangan mazkur kitob Misrdagi kutubxonalar, özbek tilini örganayotgan Qohira universiteti talabalari orasida tarqatilmoqda.