Naşrda ma’lum qilinganidek, Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov taşrif bilan Özbekistonda böldi.
"Taşrif davomida Özbekiston prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakçisi örtasida muzokaralar ötkazildi, – deyilgan maqolada. – Unda Özbekiston-Turkmaniston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi".
Şuningdek, özaro hamkorlikning barça yönalişlarida, jumladan, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda köp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Xabar qilinişiça, Hukumatlararo komissiya, Işbilarmonlar kengaşi, Hududlar forumi majlislari, madaniyat kunlari, körgazmalar va hokazolar muntazam ötkazib kelinmoqda. Ötgan yili özaro tovar ayirboşlaş hajmi 1,1 milliard dollarni taşkil etdi.
"Ikki mamlakat poytaxtlarida savdo uylari taşkil etilib, yuk taşiş hajmi ortib bormoqda. Yaqin yillarda özaro tovar ayirboşlaş hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi. Bundan taşqari, hamkorlikda "Şovot-Toşhovuz" çegara savdo zonasi taşkil etilmoqda", – deb yozgan "Kazinform".









