Rossiya Içki işlar vazirligi Berlindagi Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari Karnegi markazi direktori Aleksandr Gabuyevni qidiruvga berdi. Tegişli kartoçka 7 may, çorşanba kuni "Mediazona" tomonidan idora ma’lumotlar bazasida aniqlandi.
Unda ekspertning şaxsiy ma’lumotlari mavjud va u «Jinoyat kodeksiga köra qidiruvda» ekani aytiladi. Gap qaysi moddalar haqida ketayotgani aytilmagan.
Ayni paytda, RIA "Novosti" avvalroq Gabuyevga qarşi ikki modda böyiça jinoiy iş qözğatilgani haqida yozgan edi – «nomaqbul taşkilot» faoliyati va «çet el agenti» vazifalarini bajarişdan böyin tovlaş.
2024 yil may oyida Rossiya rasmiylari Xitoy va uning Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlari böyiça ekspert Aleksandr Gabuyevni «çet el agentlari» röyxatiga kiritdi va öşa yilning yozida Karnegi jamğarmasi Rossiyada «nomaqbul» taşkilot deb e’lon qilindi.
Avvalroq Berlin Karnegi markazida Rossiya va Yevrosiyo böyiça siyosatşunoslik va gumanitar tadqiqotlar bilan şuğullanuvçi siyosatşunos Yekaterina Şulman ham qidiruvga berilgan edi. Unga nisbatan Rossiyada «nomaqbul» deb tan olingan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgani uçun iş qözğatildi.









