Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilişiça, bugun Özbekiston milliy pavilonining rasmiy oçilişi va qabul marosimi bölib ötdi.

Pavilon mavzusi özida muhandislik fanlari, şaharşunoslik, biologiya va sun’iy intellektni birlaştirgan va «Intelligens. Tabiiy. Sun’iy. Kollektiv» deya nomlangan biyennale mavzusiga töla mos keladi.

"Biz noyob «Quyoş» obektining rolini qayta körib çiqişni taklif qilamiz. Uni nafaqat saqlab qoliş, balki global va ilmiy munozaralarga kiritişni istaymiz.

Bu Venetsiya biyennalesidagi beşinçi ekspozitsiyamiz. Har safar biz ona yurtimizning köz ilğamas qadriyatlarini, tarixga ehtirom, ilm-fanga bölgan muhabbatini körsatib, jahon hamjamiyatini hayratga solişda davom etamiz.

Uşbu loyihaga öz kuç-ğayrati, ijodi va jonajon Özbekistonimizga bölgan muhabbatini baxş etgan jamoaga minnatdorçilik bildiraman. Sizlar tufayli pavilonimiz har doim katta qiziqiş uyğotadi va köplab mehmonlarni jalb qiladi.

Demak, dunyo Özbekiston sari tobora yaqinlaşmoqda, uni kaşf qilmoqda", deb yozadi Saida Mirziyoyeva.