Hukumat press-relizida aytilişiça, tankerlar Rossiya neft eksportining soyadagi flotining asosiy qismini taşkil qiladi va 2024 yil boşidan buyon 24 milliard dollarlik neftni taşigan.
Britaniya allaqaçon Rossiya neftini taşuvçi bir neça önlab tankerlarga qarşi sanksiyalar joriy qilgan.
Boş vazir Kir Starmer juma kuni Norvegiyada Şimoliy birlaşgan ekspeditsiya kuçlarida iştirok etuvçi davlatlar rahbarlarining yiğilişida yangi sanksiyalarni e’lon qilmoqçi.
«Milliy xavfsizligimizga Rossiya tomonidan tahdidni e’tibordan çetda qoldirib bölmaydi, şuning uçun biz uning [Putinning] soyadagi flotini buziş, neftdan keladigan daromadlarini qisqartiriş va suv osti infratuzilmamizni himoya qiliş uçun qölimizdan kelganini qilamiz», — deya Kir Starmer sözlarini keltiradi hukumat matbuot xizmati.
Britaniya hukumatining eslatişiça, soyadagi flotning tankerlari nafaqat Moskvaga Ukrainadagi uruş uçun pul topişga yordam beradi, balki Yevropadagi suv osti kabellariga ham zarar yetkazgan.
Birlaşgan ekspeditsiya kuçlarida iştirok etuvçi davlatlar rahbarlari juma kuni Osloda yiğilib, boşqa masalalar qatori suv osti infratuzilmasini muhofaza qilişni muhokama qiladi.
Birlaşgan ekspeditsiya kuçlari Buyuk Britaniya, Daniya, Niderlandiya, Şvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Estoniya, Latviya, Litva va Islandiya tomonidan tuzilgan.









