IIV ma’lum qilişiça, Toşkent va Sirdaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda 1971 yilda hamda 1994 yilda tuğilgan şaxslar Sirdaryo tumanidan ötgan yöl çetida, dala maydonidagi yaşirilgan joydan 3 dona qora sumkaga joylangan, giyohvandlik vositalarini olayotgan vaqtida uşlandi. Tadbir davomida jami oğirligi 77 kg 410 gramm giyohvandlik moddalari olindi.
Namangan viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda 1989 yilda tuğilgan va 1990 yilda tuğilgan fuqarolar Uçqörğon tumanida yaşirilgan joydan 5 kg giyohvandlik vositalarini olayotganda uşlandi.
1998 yilda tuğilgan va 1984 yilda tuğilgan fuqarolar Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi dala maydonida yaşiriş yöli bilan kömib qöyilgan 5 kg sintetik giyohvandlik vositalarini olayotganda uşlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvçilarning yaşaş manzili ham xolislar bilan közdan keçirildi. Natijada umumiy oğirligi 364 gramm giyohvandlik vositalari, grammlarga ajratilib, sotiş uçun işlatiladigan paketlar, noutbuklar daliliy aşyo sifatida olindi.
Barça holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.









