Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida noqoquniy yöllar bilan AQŞga yuboriş evaziga pul olgan şaxs uşlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Jizzax viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida Şarof Raşidov tumanida yaşovçi fuqaro N.B. Zarbdor tumanidan bölgan A.A.ni göyoki Meksika orqali AQŞga işga jönatiş bahonasida aldagani aniqlangan. U fuqarodan jami 200 million söm (şu jumladan 11,2 ming dollar va 50 million söm) olmoqçi bölgan vaqtda qölga olingan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan tergovgaça tekşiruv işlari olib borilmoqda.

Avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qator hududlarda fuqarolarni noqonuniy yöllar bilan AQŞga yubormoqçi bölgan şaxslar qölga olingani töğrisida xabar berilgandi. Şuningdek, Toşkentda 5 kişiga Germaniya vizasi olib berişni va’da qilgan şaxs uşlangan edi.