AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens Rossiyaning Ukrainadagi uruşni hal qiliş böyiça muzokaralar çoğida qöygan talablarini «juda katta» talablar deb atadi.
«Biz Rossiya juda köp narsa söraşini bilardik, çunki Rossiyaning uruş haqidagi tasavvuri ularning qöli baland kelayotganiga asoslangan. <…> Ammo Rossiya hali hatto bosib ololmagan hududlarini unga berişlariga umid qilmasligi kerak. Bu esa ularning dastlabki tinçlik rejasiga kiritilgan bandlardan biridir», – degan Vens 8 may kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
AQŞ vitse-prezidenti Vaşingtondagilar Rossiya özining birinçi taklifida «mumkin bölganidan köp narsa» söraşini taxmin qilgani, çunki «muzokaralar köpinça şunday ötişi»ni aytib ötgan.
Vens Rossiya va Ukraina muzokaralarda qatnaşib, «aniq tinçlik rejalari»ni taklif qilayotganini ösiş deb atadi. Şu bilan birga, u agar AQŞ «ruslar muzokaralarda çin dildan qatnaşmayapti» deb topsa, muzokaralardan çiqişini yana bir bor ta’kidladi.
«Agar şunday bölsa, ha, biz ketamiz. Prezident bu işdan çiqib ketayotganimizni aytadi. Bu esa, menimça, Rossiya ham, Ukraina ham AQŞning maslahati va vositaçiligisiz yolğiz qolişini anglatadi», – degan u.
Jyey Di Vens Rossiya-Ukraina uruşini hal qilişda «ba’zi diplomatik yutuqlar bor» deb hisoblaşini qöşimça qilgan. «Biz barqaror tinçlikka erişiş uçun bu tomonlarni yana biroz yaqinlaştirişga harakat qilişimiz kerak. Biz hali bunga erişganimiz yöq. Biz endi taraqqiyotga erişa olmaymiz, degan qarorga kelmagunimizça, bu borada işlaşda davom etamiz», – dedi Vens.
AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens 1 may kuni AQŞ keyingi 100 kun içida Rossiya va Ukraina örtasida muzokaralar ötkazişga harakat qilişini aytdi. Vens 7 may kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi tomonidan taşkil etilgan forumda sözlagan nutqida AQŞ 30 kunlik sulh ğoyasidan voz keçib, uzoq muddatli kelişuv masalalariga e’tibor qaratişga harakat qilayotganini aytdi.










