Yevropa Ittifoqi Ukrainaga rejalaştirilgan 18,1 milliard yevrodan 6 milliard yevroni makromoliyaviy yordam sifatida ajratdi. G7 dasturi doirasida Kiyevga ajratilgan kreditlar Rossiyaning muzlatilgan mablağlaridan foizlar hisobiga tölanadi.

8 may, payşanba kuni Yevrokomissiya Ukrainaga 1 milliard yevro miqdoridagi favqulodda makromoliyaviy yordam kreditining törtinçi tranşini ajratdi. Mablağlarning ajratilişi Ukraina Xotira va Ikkinçi jahon uruşida natsizm ustidan qozonilgan ğalaba kuniga töğri kelgani ramziy ma’noga ega, deyiladi YeK press-relizida.

Yil boşidan beri Yevropa Ittifoqi allaqaçon G7 boşçiligidagi ERA (Extraordinary Revenue Acceleration - Favqulodda daromadlarni tezlaştiriş) kreditlaş dasturi orqali Ukrainaga 6 milliard yevro ajratgan. Yevropaning uşbu dasturga qöşgan hissasi oxir-oqibat 18,1 milliard yevroga yetişi rejalaştirilgan.

Mart oyida bölib ötgan Yevropa Ittifoqining maxsus sammitida Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen, agar kerak bölsa, YeK Yevropa Ittifoqining YeRA taşabbusiga qöşadigan hissasini ertaroq oşirişga tayyorligini aytdi. Bryussel bu masalada Kiyev bilan yaqin aloqada, dedi fon der Lyayyen.